STALIN

STALIN

STALIN (Jugashvili) Iosif Vissarionovich (laqabi — Koba, Coco va b.) (1878, Gruziyaning Gori sh. — 1953.5.3, Moskva) — SSSRning mustabid hukmdori. Etikdoʻz oilasida tugʻilgan. Gori diniy bilim yurtini tugatgach (1894), Tiflis diniy seminariyasida oʻqigan (inqilobiy faoliyati uchun 1899-y. haydalgan). 1898-y. RSDRP tarkibidagi Gruziya «Mesamedasi» sotsialdemokratik tashkilotiga kirgan. 1902—13 y. larda 6-marta qamaldi, surgun qilindi, 4-marta qamoq va surgundan qochdi. 1903-y. dan bolsheviklarga qoʻshildi. 1907-y. da RSDRP Boku komitetining rahbarlaridan biri. V. I. Lenin tarafdori, uning tashabbusi bilan 1912-y. da RSDRP MK va MK Rus byurosiga kooptatsiya qilingan (sirtdan kiritilgan). 1917-y. «Pravda» gaz. taxrir hayʼati, RSDRP (b) MK Siyosiy byurosi, Harbiyinqilobiy markaz aʼzosi. 1917— 22 y. larda millatlar ishi boʻyicha xalq komissari, ayni vaktda 1919—22 y. larda davlat nazorati xalq komissari, 1918-y. dan Rossiya Harbiy inqilobiy kengashi aʼzosi. 1922—53 y. lar partiya MK bosh kotibi.

Ensiklopediya.uz
STALIN