STADION

STADION

STADION (yun. stadion — musobaqalar oʻtkaziladigan joy) — asosiy sport maydoni tomoshabinlar uchun tribunalar, yugurish, sakrash yoʻlkalari, gimnastika va sport oʻyinlariga moʻljallangan maydonchalar, yordamchi bino va xonalarni uz ichiga olgan sport inshooti. Hoz. zamonaviy Stadion larning kichik oʻlchamdagi nusxasi Yunonistonning Olimpiya, Afina, Delfa va b. joylarida bunyod etilgan boʻlib, ular Olimpiada oʻyinlari hamda boshqa musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan. Bu S. lar toʻgʻri toʻrtburchak yoki taqasimon arenali boʻlib, yonida tomoshabinlar uchun joy qilingan. Olimpiada oʻyinlarining tiklanishi (1896) koʻpgina mamlakatlarda yirik Stadionlar qurish uchun turtki boʻldi (1-Olimpiadani oʻtkazish maqsadida antik Afina Si taʼmirlandi). Qadimgi Stadion lardan farkli ravishda, hoz. Stadionlar musobaqalar joyigina boʻlib qolmay, ularda sogʻlomlashtirish va har xil sport turlari boʻyicha oʻquvtrenirovka mashgʻulotlari ham oʻtkaziladi. 1950—60 y. lardan usti yopiq Stadionlar qurish keng avj oldi. Mustaqillikka erishilgandan soʻng Oʻzbekistonda zamonaviy sport inshootlari, jumladan, Stadionlar qurilishiga eʼtibor kuchaydi. Hozir mamlakatda 350 ga yaqin Stadion bor (2004).

Ensiklopediya.uz
STADION