SSV: bolalar onkologiya va gematologiya sohasini takomillashtiriladi
Mamlakatimizda bolalarda o`tkir limfoblast leykoz kasalligini davolash bo`yicha Moskva-Berlin protokoli tatbiq etilmoqda.
Shuningdek, Rossiyaning Dmitriy Rogachev nomli Bolalar gematologiya, onkologiya va immunologiyasi Milliy tibbiy tadqiqot markazi, Germaniyaning Sharite klinikasi bilan hamkorlik yo`lga qo`yilgan.
Dunyo miqyosida bolalar onkologiya va gematologiya sohasida multidissiplinar yondoshuvning belgilanganligi, populyasion va gospital kanser-registrlarining mavjudligi, davolash protokollarida zamonaviy molekulyar, sitogenetik tekshiruv va ilik transplantasisining qo`llanilishi, o`zak xo`jayralari bankining shakllanganligi, palliativ yordam tizimining faoliyati yo`lga qo`yilganligi bolalar o`rtasida gematologiya va onkologiya bo`yicha kasallanish va o`lim ko`rsatkichini 80 foizgacha kamaytira oladi.
Xozirda bolalardagi o`tkir leykozlarda xalqaro davolash protokollari nafaqat Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutida, balki viloyatlardagi davolash muassasalarida ham tatbik etilmoqda. Sohani etuk kadrlar bilan ta`minlash maqsadida o`nlab mutaxassislarimiz nufuzli xalqaro klinikalarda malaka oshirib qaytdi. Natijada o`tkir limfoblast leykozlarda 5 yillik yashash davomiyligi 75 foiz, o`tkir mieloblast leykozlarda — 45 foizni tashkil etmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 avgustdagi tegishli qaroriga asosan Bolalar milliy tibbiyot markazida umumlashtirilgan bolalar gematologiya-onkologiya bo`limi tashkil etilib, u o`z faoliyatini yo`lga qo`ymoqda.
Amalga oshirilayotgan harakatlarga qaramay, bu sohada echimini kutayotgan masalalar talaygina. Mamlakatimizda har yili bolalar orasida xavfli gematologik va onkologik kasalliklarini aniqlanishi o`rtacha 1100-1200 taga teng. Ushbu ko`rsatkichning o`zi ham sohada tizimli yordam ko`rsatish jarayonlarini xalqaro standartlarga mos bo`lgan tub islohotlarni amalga oshirish naqadar muhim ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
SSV: bolalar onkologiya va gematologiya sohasini takomillashtiriladi