SSINTILLYATORLAR
SSINTILLYATORLAR — ionlovchi nurlanish yoki elementar zarralar taʼsirida yorugʻlik chaqnashi — ssintillyatsiya sodir qiladigan lyuminoforlar. Ionlovchi nurlanish yoki zarralarning yorugʻlik energiyasiga aylanayotgan energiya miqdori (konversion effektivlik) va yorugʻsizlanish davomiyligi Ssintillyatorlarning muhim xarakteristikalari hisoblanadi. Kristallofosforlar (mas, ZnS, Nal), organik kristallar (mas, antratsen, stilben), plastmassa eritmalari, inert gazlar S. vazifasini bajarishi mumkin. Ssintillyatorlar ssintillyatsion hisoblagichlaraa qoʻllanadi.
Ensiklopediya.uz
SSINTILLYATORLAR