SSD & HDD. Qaysi birini tanlash kerak ?

SSD & HDD. Qaysi birini tanlash kerak ?

Klassik qattiq disk — yoki HDD (Hard Disk Drive) — qattiq disk. Undagi fayllar aylanadigan magnit disklarga yozib olinadi. Ularning o’rtasida passiv rejimda ma’lumotni o’qiydigan va tok berilganda axborotni yozadigan boshchalar mavjud.

HDD va SSD o’rtasidagi farq shundaki, ikkinchisi ancha sodda. SSD (Solid State Drive) yarimo’tkazgich chiplaridan yig’iladi. Unda harakatlanuvchi qismlar yo’q — turli xil elektr signallari qo’llanilganda ma’lumotlarni o’qish, yozish va o’chirish sodir bo’ladi.

Hajmi

SSD va HDD o’rtasidagi jangda ikkinchisi g’alaba qozonadi. Klassik qattiq disklarning hajmi 20 TB gacha. Ushbu professional darajadagi qurilma ma’lumotlar bazasini saqlash, video kuzatuv va boshqa hisoblash amallari uchun ishlatiladi. Oddiy foydalanuvchi uchun 1-2 TB kifoya qiladi — 20 soatgacha 4K video, 1000 soat musiqa va o’n minglab fotosuratlar uchun joy qoldirib, 20 tagacha o’yin va ilovalarni o’rnatishingiz mumkin. Misol uchun, Seagate Barracuda qattiq diski shuncha narsani sig’dirishi mumkin. U katta hajmdagi kesh xotirasi tufayli tez ishlaydi — operatsion tizim va ilovalarni yuklashni tezlashtiradi. Hajm jihatidan HDD larga SSD lar hozircha yutqizishadi.

Nazariy jihatdan, SSD va HDD jangida SSD-lar yetakchilik qilishi mumkin. So’nggi yillarda ishlab chiqaruvchilar 20-60 TB hajmli modellarni ommaga ko’rsatdilar. Ammo bu o’n minglab dollar turadigan sanoqli nusxalar — xotira kataklarini bunday zichligiga ega chiplarni ishlab chiqarish hali ham juda qiyin.

Tezlik

SSD va HDD o’rtasidagi tezlik farqi juda katta. Hatto byudjetli SSD ham 500MB/s gacha tezlikda ma’lumot o‘qiy oladi va 250MB/s gacha yozishi mumkin. Premium qattiq disklar (HDD) uchun bu ko’rsatkichlar — 125 MB / s dan oshmaydi, ya’ni 2-4 baravar kamroq. O’rta darajadagi SSD’lar oradagi farqni yanada oshiradi. ADATA Gammix S5 o‘yin SSD si 1400 MB/s tezlikda yozadi, bu bizning misolimizdagi premium qattiq diskdan 11,2 baravar ko‘p. U kuchli kompyuter afzalliklarini ancha yaxshi ochib beradi — tezkor xotiraga va protsessorga ma’lumotni tezda o’tkazadi. Premium SSD modellarda esa 3000 MB/s gacha, 24 barobar ko’proq ma’lumotni yozish imkoni bor.

Karl ! Sekundiga 3gb ma’lumot yozish tezligi… 

Ishonchlilik

SSD va HDD qattiq disklari o’rtasidagi hizmat qilish davridagi farq, masalan, ma’lumotlar bazalarini tahlil qilish, kun bo’yi video yozish yoki veb-saytlarni joylashtirishda yuqori yuklama bilan uzoq davomiy ish paytida sezilarli bo’ladi. Qattiq disklarda yozilgan ma’lumotlar miqdori bo’yicha cheklovlar yo’q — nazariy jihatdan ular cheksiz ishlashlari mumkin. Amalda, hamma narsa mexanik qismlarning resursiga bog’liq: iste’molchi modellari uchun 5 yildan 10 yilgacha, professionallar uchun 10 yildan 25 yilgacha. Videokuzatuv tizimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan Seagate SkyHawk Surveillance qattiq diskini misol qilib keltirish mumkin, u yillar davomida kechayu kunduz ishlaydi va bir vaqtning o‘zida 64 ta HD kameradan ma’lumotlarni o‘qiydi.

Bu borada, HDD va SSD o’rtasidagi farq ikkinchisining foydasiga emas. Ularning resursi juda cheklangan — siz 200-500 martagacha ma’lumotni qayta yozishingiz mumkin. Agar siz kompyuteringizni har kuni maksimal darajada ishlatsangiz, SSD ni 2-3 yildan keyin almashtirishga to’g’ri keladi. Kam yuklama bilan ishlovchi SSD 10-15 yilgacha xizmat qiladi. 10,000-50,000 to’liq yozish tsikliga bardosh bera oladigan professional darajadagi SSD’lar ham mavjud. Ular bir vaqtning o’zida minglab foydalanuvchilar tomonidan foydalaniladigan ma’lumotlar bazalarini saqlash kabi eng murakkab hisob-kitoblar uchun ishlatiladi. Ammo bu modellar o’nlab va yuzlab marta qimmatroq.

Chidamlilik

SSD lar bu borada ham g’olib kelishadi. Ularda hech qanday mexanik tizim yo’qligi tufayli kuchli yuklamalarda , tebranishlar yoki zarbalarga chidamli hisoblanishadi. HDD lar magnit orqali aylanuvchi diskga boshchalar axborot yozgani tufayli tebranishlar , zarbalar ular uchun havfli hisoblanadi.

Narx

SSD disklar narxining asta-sekin pasayishiga qaramay, HDD va SSD disklari o’rtasida hali ham farq bor. Keling, ikkita arzon 500 GB lik modellarni taqqoslaylik.

Toshiba P300 qattiq diski 564 800 so’m , Samsung Evo 860 SSD esa 978 000 so’m — ikki baravar qimmatga tushadi.

Narxlar 28.10.2022 sanasiga ko’ra asaxiy.uz saytidan olindi.

Xulosa

Agar sizga ma’lumotlar uchun joy va ularni uzoq yillar saqlash uchun xotira kerak bo’lsa albatta HDD.

Lekin sizga tezlik dasturlar va o’yinlarni bir maromda ishlashi kerak bo’lsa u holda SSD.

Umumiy Dasturlash
SSD & HDD. Qaysi birini tanlash kerak ?