SRVENKOVSKIY haqida to’liq ma’lumot oling

SRVENKOVSKIY haqida to’liq ma’lumot oling

SRVENKOVSKIY (Crvenkovski) Branko (1962.12.10, Sarayevo sh. yaqini) — Makedoniya davlat arbobi. Skopye un-tining elektronika f-tini tugatgan (1986). 1986-y. dan Skopyedagi «Semos» firmasi direktori. 1990-y. dan Makedoniya parlamenti deputata, parlamentning tashqi ishlar boʻyicha komissiyasi raisi (1990—92). Makedoniya mustaqilligi toʻgʻrisidagi referendumni oʻtkazish tashabbuskorlaridan biri. Makedoniya Majlisi (parlamenti)ning barcha chaqiriqlari deputati. 1991-y. apr. dan Makedoniya Sotsial-demokratik ittifoqi partiyasi raisi. 1992—98 va 2002—04 y. larda Makedoniya hukumati raisi. 2004-y. apr. dan Makedoniya Respublikasi prezidenti.

Malumotlar
SRVENKOVSKIY