SPOT
SPOT (ing. spot — naqd, haqi darhol toʻlanadigan) — naqd tovar yoki valyuta oldisotdisi toʻgʻrisida birja yoki birjadan tashqari kelishuv turi. S shartlarida sotilgan tovar haqi darhol toʻlanadi, tovarning oʻzi esa xaridorga ertasiga yetkazib beriladi. Oradagi bir kun mobaynida kelishuv hujjatlarini rasmiylashtirish, bank operatsiyalarini oʻtkazish ishlari bajariladi.
Ensiklopediya.uz
SPOT