SPORT
SPORT (ing. sport — oʻyin) — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarniit turli majmualari boʻyicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va oʻtkazish tizimi. Sportning maqsadi kishilarning sogʻligʻini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga Sport musobaqalarida yuqori natija va gʻalabalarga erishishdir. Dastlabki Sport musobaqalari Yunonistonda mil. av. 1580-y. da boʻlib oʻtgan. 19-a. ning 2-yarmida, ayniqsa, 1894-y. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tashkil qilinganidan keyin Sport juda tez rivojlana boshladi. 1896-y. da 1zamonaviy Olimpiada oʻyinlari oʻtkazildi.
Ensiklopediya.uz
SPORT