SPORT KLUBI
SPORT KLUBI — sportchilar va sport ixlosmandlarini birlashtiruvchi jamoat yoki xususiy tashkilot. Dastlabki sport klublari 17—18-a. larda Buyuk Britaniyada paydo boʻlgan. Havaskorlik Sport klubi va professional Sport klubi boʻladi. Havaskorl i k Sk. ning byudjeti kasaba uyushmalarining ajratma mablagʻlari, sport inshootlaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, aʼzolik badallaridan tashkil topadi. Professional Sport klubi yirik xususiy korxonalar, qissadorlik jamiyatlari, professional sport tashkilotlari va homiylar tomonidan ajratiladigan mablagʻ hisobiga faoliyat koʻrsatadi. Havaskorlik Sport klubiga taʼlim muassasalari Sport klubi, Qurolli kuchlar — armiya S. k. va h. k. misol boʻla oladi. Professional Sport klubiga «Golfklub», «Manchester yunayted», «Real», «Bavariya» va b. sport klublarini namuna qilib koʻrsatish mumkin. Oʻzbekistonda futbol, voleybol, tennis, sharqona yakka kurashga ixtisoslashgan bir qancha klublar faoliyat koʻrsatadi. Ularda turli yoshdagi bolalar shugʻullanadi. Bu klublar, asosan, sport maktablari vazifasini bajarmoqda.
Ensiklopediya.uz
SPORT KLUBI