SPORANGIY haqida to’liq ma’lumot oling

SPORANGIY haqida to’liq ma’lumot oling

SPORANGIY (spora(lar) va yun. angeion — idish) — bir hujayrali (zamburugʻlar va koʻpchilik tuban usimliklarda) yoki koʻp hujayrali (yuksak oʻsimliklarda) organ. S. da sporalilar yetiladi. Sporangiy nomi zamburugʻlar va tuban oʻsimliklarda ularda rivojlanayotgan sporalarning tuzilishi (zoosporangiy) yoki soniga (mono, tetrasporangiy), tashqi koʻrinishi (sistokarpiy), sporalarning hosil boʻlish usuliga (mitosporangiy, meyosporangiy) bogʻliq. Yuksak oʻsimliklar faqat meyosporangiy hosil qiladi. Yoʻsinlar Sporangiysi sporongiya kusakchasidan iborat. Qirqquloqlar va qirqboʻgʻimlarda Sporangiy sporofillarda yoki ular qoʻltigʻida bittadan yoki toʻp boʻlib (soruslar) joylashadi. Bir xil sporali qirqquloklarda Sporangiy bir xil tipda, har xil sporalilarda Sporangiy ikki xil (mikro va megasporangiylar), mikro va megasporalar hrsil qiladi; ulardan erkak va urgʻochi oʻsimta rivojlanadi.

Malumotlar
SPORANGIY