SPORALILAR
SPORALILAR (Sporozoa) — bir hujayralilar kenja dunyosiga mansub gʻayvonlar tipi. Xivchinlilardan kelib chiqqan. Sporalilar turli hayvonlar va odamning hujayra, toʻqima va organlarida parazitlik qilib, ogʻir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parazit hayot kechirish taʼsirida tana tuzilishi birmuncha soddalashgan. Harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat xazm qiluvchi vakuollari rivojlanmagan. Hayot sikli spora xrsil qilish bilan tugallanadi; spora qobigʻi parazitni noqulay muhit taʼsiridan himoya qiladi. Sporalilar hayot siklida jinssiz, jinsiy va sporogoniya jarayonlari almashinib turadi. Jinssiz koʻpayish hujayraning koʻp marta boʻlinishi (shizogoniya), jinsiy koʻpayish esa koʻpchilik sporalilarda ikki xil tipdagi gametalar (anizogametalar)ning kopulsiyasidan iborat. Faqat fegarinalar bir xil tipdagi gametalar (izogametalar) gʻosil qiladi. Zigotasi, odatda, qalin pust bilan uralgan boʻlib, ootsista deyiladi. Ootsista ichida sporogoniya natijasida sporozoitlar hosil boʻlishi bilan parazitning rivojlanish sikli tugallanadi. Sporalilar tipiga 400 dan ortiq tur kiradi. Sporalilar tipi fegarinalar va koksidiyasimonlar sinflariga ajratiladi. Ayrim Sporalilarning rivojlanishi bitta xujayinda oʻtadi (koʻpchilik koksidiyalar) va ootsistlari yordamida tarqaladi. Boshqa Sporalilarning rivojlanishi ikkita xoʻjayinda, yaʼni jinssiz koʻpayishi bir xoʻjayinda, gametogenez va sporogoniya davrlari boshqa xoʻjayinda oʻtadi. Bunday Sporalilar hayvonlar va odamga alimentar yoʻl bilan (zararlanmagan hayvon zararlangan hayvonni yeyishi) yoki qon soʻruvchi hasharotlar orqali (bezgak parazitining chivin opkali yuqishi) oʻtadi.
Ensiklopediya.uz
SPORALILAR