SPLIT

SPLIT

SPLIT — Xorvatiyadagi shahar. Adriatika dengizi sohilidagi port. Aholisi 190 ming kishi (1998). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Atrofidagi shaxarlar bilan yirik sanoat tugunini tashkil qiladi. Kemasozlik, sement, kimyo, oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari, GES mavjud. Splitda Biologiyaokeanografiya i. t. instituti, dengiz, arxeologiya va b. muzeylar, badiiy galereya bor. Turizm markazi va iqlim kurorti. Qad. Rim meʼmorligi — imperator Diokletian saroyi (taxm. 300-y.) va renessans meʼmorligi yodgorliklaridan ratusha, cherkovlar (11—16-a. lar) saqlangan. Split yakinida Salona antik shahar (mil. av. 2-a. — mil. 4-a.) krldiklari topilgan.

Ensiklopediya.uz
SPLIT