SPITAK ZILZILASI haqida to’liq ma’lumot oling

SPITAK ZILZILASI haqida to’liq ma’lumot oling

SPITAK ZILZILASI — 1988-y. 8 dek. ertalab Armanistonning togʻli r-nida sodir boʻlgan. Magnitudasi 7,0, kuchi 9 balldan ortiq. Zilzila oʻchogidan ajralib chiqqan energiya 10» joulga teng boʻlib, yer yuzasida yoriqlar, koʻchki va oʻpirilmalar hosil qilgan. Baʼzi yoriqlarning uz. 4—5 km ga choʻzilgan. Kuchli seysmik tebranishlar imoratlarni tiklab boʻlmas darajada xonavayron qilgan. Natijada Spitakdan tashqari 20 ga yaqin shahar, 342 ta qishloq juda katta zarar koʻrgan. 170 dan ortiq sanoat korxonasi ishdan chiqqan. Imoratlar tagida 25 ming kishi halok boʻlib, 19 ming kishi jarohat olgan. Kommunikatsiya inshootlari buzilgan.

Malumotlar
SPITAK ZILZILASI