SPIRTLAR
SPIRTLAR — uglevodorodlarning toʻyingan uglerod atomlarida bir yoki bir nechta gidroksil guruh (—ON) tutgan hosilalari. Aromatik halkasidagi uglerod atomlarida — ON guruxi tutgan birikmalar — fenollar, toʻyinmagan uglerod atomlarida — ON guruhi tutgan birikmalar esa yenollar deyiladi. Uglevodorod radikalining tavsifiga koʻra, Spirtlar atsiklik yoki alifatik (mas, metil spirt, etil spirt, allil spirt), alitsiklik (siklogeksanol), yogʻ aromatik (benzil spirt) va geterotsiklik boʻlishi mumkin. Molekulasidagi — ON guruhining soniga qarab, Spirtlar bir atomli (alkogollar), ikki atomli (glikollar), uch atomli (k,. Glitserin), toʻrt atomli (penta eritrit) va b. koʻp atomli spirtlar (geksitlar, ksilitlar) boʻladi. Spirtlar dagi — ON guruxlari birlamchi (SN2ON), ikkilamchi (>SNON) va uchlamchi (> S—ON) uglerod atomlari bilan birikkan boʻlishi mumkin. Shu sababli bir atomli Spirtlar birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xillarga boʻlinadi.
Ensiklopediya.uz
SPIRTLAR