SPIRT SANOATI

SPIRT SANOATI

SPIRT SANOATI — oziqovqat sanoatining oziqovqat xom ashyosi (don, kartoshka, melassa)dan etil spirti (xom ashyo) va rektifikatsiyalangan spirt ishlab chiqaradigan tarmogʻi. Oziqovqat xom ashyosidan tayyorlanadigan spirt faqat tarkibida alkogol boʻlgan ichimliklar ishlab chiqarish. da emas, balki xalq xoʻjaligining tibbiyot, radioelektronika, parfyumeriya va b. sohalarida ham ishlatiladi. Texnika ishlarida qoʻllaniladigan etil spirtining koʻp qismi, asosan, oziqovqat uchun ishlatilmaydigan oʻsimlik moddalarini gidrolizlash va turli kimyoviy usullarda sintezlash yoʻli bilan olinadi.

Ensiklopediya.uz
SPIRT SANOATI