SPIRILLALAR
SPIRILLALAR — spiralsimon yoki yoysimon bakteriyalar. Oʻlchami har xil (eni 0,6—0,8 dan 2—3 mkm gacha, uz. 1—3,2 mkm dan 30—50 mkm gacha). Spora hosil qilmaydi; grammusbat, harakatchan. Baʼzi turlari lab. muhitida yaxshi unib chikmaydi. Spirillalar saprofit, chuchuk va shoʻr suv havzalari, oqmaydigan iflos suvlar va hayvonlar ichagida yashaydi. Ayrim Spirillalar kasallik paydo qiladi.
Ensiklopediya.uz
SPIRILLALAR