SPIRAL GALAKTIKALAR

SPIRAL GALAKTIKALAR

SPIRAL GALAKTIKALAR — tashki koʻrinishi spiralni eslatuvchi gigant yudduz sistemalari. Teleskopda kuzatilganda katta ravshan yadrosi koʻrinadi, uning atrofini yadrodan boshlanuvchi spiralsimon bir necha shoxobcha oʻrab turadi. Spiral galaktikalar koʻpincha bir tomonga oʻralgan ikki shoxobchadan iborat boʻladi. Baʼzan daraxt shoxchalariga oʻxshash erkin shoxobchali Spiral galaktikalar kuzatiladi. Hatto bitta tarmokli Spiral galaktikalar mavjud. Hamma shoxobchalar deyarli bir tekislikda, yaʼni Galaktikaning aylanish tekisligida joylashgan. Andromeda tumanligi ham, bizning Galaktika ham Spiral galaktikalar (Somon yuliijj ayrim qismlari ikkiga ajralgan holda koʻrinadi) hisoblanadi. Astronomik kuzatishlardan Quyosh sistemasi spiral tarmoklar orasidagi oralikda joylashganligi anikdangan. Ayrim Spiral galaktikalar (mas, NGC 1300) da tarmoklar yadrodan emas, balki u bilan «koʻprik» vositasida bogʻlangan va undan bir necha oʻn parsek masofadan boshlanadi. Bunday Spiral galaktikalar uzilgan Spiral galaktikalar deb ataladi. Spiral galaktikalar oʻz oʻqi atrofida aylanadi. Aylanish tezligini oʻlchab, galaktikalarning massasini taxm. xisoblab chiqarish mumkin (yana q. Galaktika, Galaktikalar).

Ensiklopediya.uz
SPIRAL GALAKTIKALAR