SPINOZA

SPINOZA

SPINOZA (Spinoza, dʻEspinosa) Benedikt (diniy ismi Barux) (1632. 24.11, Amsterdam — 1677.21.2, Gaaga) — niderland faylasufpanteisti. Ajdodi Portugaliyadan koʻchib kelgan yahudiylar edi. Ruhoniy boʻlish maqsadida iudaizm falsafasi va iloxiyotini oʻrganadi. Pekin unda mustaqil fikrlashga moyillik, tabiiy fanlarga hamda R. Dekart falsafasiga qiziqish paydo boʻldi. Yahudiy dini peshvolarini vijdon erkinligiga rioya etmaslikda aybladi, uning mustaqil tanqidiy fikri yahudiylar jamoasi bilan ixtilof chiqishiga olib keldi, natijada u 24 yoshida «daxshatli yolgon taʼlimoti» uchun bu diniy jamoadan haydaldi.

Ensiklopediya.uz
SPINOZA