SPILITLAR
SPILITLAR (yun. spilos — dogʻ, hol) — kuchli oʻzgarishga uchragan bazalt togʻ jinslari, suv osti vulkanlaridan lavaning quyilishi natijasida hosil boʻlgan. Bu jinslarda dala shpati ikkilamchi albitdan iborat. Spilitlar mikrolit, baʼzan diabaz strukturali; albitlashgan plagioklazning ingichka va uzun mikrolitlaridan gʻosil boʻlib, ularning oraliklari xlorit va ruda minerali bilan toʻlgan. Spilitlar spilitli tuflar, sharli lavalar va ularga yaqin boʻlgan jinslar bilan birgalikda dengiz tagida hosil boʻlgan choʻkindi jinslar orasida uchraydi. S. Yer poʻstidagi chukur yoriklar zonasi bilan alokador. Spilitlar burmali mintaqalar rivojlanishining ilk bosqichlarida suv osti sharoitida yuzaga kelgan vulkan ik katlamlarda keng tarqalgan (Kavkaz, Ural, Oltoy, Qozogʻiston va b.). Oʻzbekistonning ZirabuloqZiyovuddin, Tomdi, Nurota, Hisor togʻlarida bor.
Ensiklopediya.uz
SPILITLAR