SPERMATOZOID

SPERMATOZOID

SPERMATOZOID (sperma va yun. zoon — tirik organizm va eidos — koʻrinish) — odam, hayvon va koʻpchilik oʻsimliklarning erkaklik jinsiy hujayrasi. Odam va hayvonlarda urugʻdonda pushthujayrasi (spermatogoniylar)p,dm hosil boʻladi. Spermatozoidning boshchasi, boʻyni, tanasi va dumi boʻladi. Odam va koʻpgina umurtqasiz hamda umurtqali hayvonlar Si xivchinli yoki dumli boʻlib, ular yordamida harakat qiladi. Baʼzi chuvalchanglar, mingoyoqlar, qisqichbaqasimonlar va kanalar Si dumsiz va turli shaklda, amyobasimon harakatlanadi. Spermatozoid uzunligi bir necha oʻn mkm dan yuzlab mkm gacha, hasharotlarda bir necha mm. Gistokimyoviy usullar yordamvda Spermatozoid tanasida oksidlanishqaytarilish fermentlari, glikogen, fosfolipidlar va ATF borligi aniklangan. Bu hol S. tanasi energiya manbai ekanligidan dalolat beradi. Muxit t-rasi, osmotik bosimi, kislotaliligining oʻzgarib turishi Spermatozoid funksiyasining buzilishi va tezda gʻalok boʻlishiga olib keladi. Spermatozoid mikdorining kamayishi (oligozoospermiya) koʻpincha bepushtlikka sabab boʻlishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
SPERMATOZOID