SPENDIAROV

SPENDIAROV

SPENDIAROV (Spendiaryan) Aleksandr Afanasyevich [1871.20.10 (1.11), Ukraina, Kaxovka sh. — 1928.7.5, Yerevan] — arman kompozitori, dirijyor, jamoat arbobi. Armaniston xalq artista (1926). Arman musiqasining klassigi, milliy simfonizm («Erivan etyudlari», 1925 va b.) va opera («Almast», 1928) yaratuvchisi. Simfonik, vokalsimfonik, xor va b. asarlar muallifi. Armaniston opera va balet teatriga Spendiarov nomi berilgan (1939). Yerevanda Spendiarov uy-muzeyi mavjud. 11 jildli mukammal asarlari toʻplami nashr etilgan (1943—85). Toshkentda 1953-y. da «Almast» operasi sahnalashtirilgan.

Ensiklopediya.uz
SPENDIAROV