SPAM

SPAM

SPAM

3 May SPAMning tug`ilgan kuni ekan.

Atama shaklida keyinchalik shakllangan bo`lsa ham lekin bitta maktubni ko`pchilikka yuborish (SPAM) usuli kenga tarqalgan.

Ba’zi tarixiy ma’lumotlarni eslab o`tsak:

* 1864: Tish doktori

1864 yilning May oyida Western Union o`zining telegraf tarmoqlari orqali xabarlarni bir necha manzilga bir vaqtda yuborishga imkon beradi.

Birinchi kutilmagan telegram xabar 1864 yil May oyida qayd etilgan. Unda Britaniyaning siyosatchilari tish doktorining reklamasini qabul qilishgan.

* 1978: SPAM atamasining tasodifan paydo bo`lishi

Ro`yxatga olingan ilk SPAM 3 May 1978 yil Gari Tyuer tomonidan ARPANET tarmog’ida 393 ta foydalanuvchiga yuborilgan Digital Equipment Corp (DEC) kompyuterlarining yangi modeli haqidagi xabar edi.

U vaqtlar xabarlar har bir kishiga alohi yuborilar edi. Lekin sherigi, Karl Gartli, hammaga bittada yuboriladigan email yasaydi. Tarmoq ahli buni salbiy baholaydi, lekin natija ish berib, savdo hajmi oshadi.

* 1994: Green Card SPAM and Spammerlarning ko`payishi

Birinchi yirik tijoriy spam hodisasi 1994 yil 5 Martda, er-xotin advokatlar, Lorens Kanter va Marta Sigel, Usenetda ommaviy xabarlar yuborishidan boshlagan.

Ular immigratsiya qonunchiligi xizmatlarini reklama qilish uchun Usenetdagi ommaviy guruhlarda xabar qoldirishni boshlashadi.

Hamma bu holatni qoralasa ham advokatlar o`z ishlarini «So`z erkinligi» deb baholashadi, raqiblari esa buni «tijoratga qarshi radikallar» deb ataydi.

Eng qizzig`i bu er-xotin «Axborot magistralida qanday qilib boylik orttirish mumkin» (How to Make a Fortune on the Information Superhighway) nomli kitob ham yozishadi.

Yana ko`p boshqa holatlar ham bo`lgan. Qolganini Wiki’dan o`qib olsangiz bo`ladi.

Shunaqa gaplar.

Ha aytgancha. Telegramda «1» kabi xabarlarni hamma gruppada yozadiganlar ham SPAM chi ekande.

P.S. Rasmda do`kondagi konservalardan biri. Ko`rib qolib, darrov bizning spam esga tushgandi. Aslida bu rasmda to`g`ralgan va dudlangan cho`chqa go`shti konservasi.

Manba:

Telekommunikatsiya
SPAM