Sovun qoldiqlaridan samarali foydalanish uchun 20 ta layfxak

Sovun qoldiqlaridan samarali foydalanish uchun 20 ta layfxak

Aytish kerakki, aksar xonadonlarda sovun qoldiqlari ishlatilmasdan yig‘ilib qolaveradi. Sovun o‘rnini bosuvchi turli suyuq sovunlar, dush gellaridan foydalanish urfga kirgan. Agar odatiy qattiq sovun sizga afzal bo‘lsa, uning qoldiqlari bilan nimalar qilish mumkinligi bilan tanishib oling.

OLX – доска объявлений №1 в Узбекистане – Oyoq kiyim

Однако вы можете найти похожие объявления в этой категории.

  • Основные разделы OLX

Основные разделы OLX :

  • Ташкентская область (171)
  • Ферганская область (6)
  • Самаркандская область (19)
  • Андижанская область (2)
  • Бухарская область (13)
  • Джизакская область (2)
  • Навоийская область (13)
  • Сурхандарьинская область (2)
  • Кашкадарьинская область (8)
  • Сырдарьинская область (1)

Доска объявлений Узбекистана

Объявления в Узбекистане на OLX.uz, раньше Torg.uz – на нашей интернет-площадке найдется именно то, что искали. Нажав на кнопку “Подать объявление” и заполнив форму, вы сможете легко и быстро разместить частное объявление с фото, подробным описанием о продаваемом товаре, с указанием номера телефона и способа оплаты покупки. Частные объявления на сайте содержат подробную информацию о товаре и продавце: фото, описание, номер телефона и способ оплаты покупки.
На сайте объявлений OLX.uz (ранее Torg) вы сможете купить или продать из рук в руки практически все, что угодно – множество выгодных предложений по темам: недвижимость, работа, транспорт, услуги, купля/продажа бытовой техники, электроники и других новых и б/у товаров. Быстрые покупки и продажи по всему Узбекистану!
OLX – продается все!

Sovun qoldiqlaridan samarali foydalanish uchun 20 ta layfxak

Aytish kerakki, aksar xonadonlarda sovun qoldiqlari ishlatilmasdan yig‘ilib qolaveradi. Sovun o‘rnini bosuvchi turli suyuq sovunlar, dush gellaridan foydalanish urfga kirgan. Agar odatiy qattiq sovun sizga afzal bo‘lsa, uning qoldiqlari bilan nimalar qilish mumkinligi bilan tanishib oling.

1. Sovun bo‘lagini ochib-yopishda tiqilib qolayotgan kurtka “zamoki” ustidan yaxshilab ishqalab chiqing.

2. Hovlini begona o‘tlardan tozalashdan oldin tirnoqlar ostiga kir to‘planib qolmasligi uchun ularni sovun bilan to‘ldiring.

Foto: “Noviy ochag”

3. Pardalar, yubka yoki shimlarni qirqish kerak bo‘lgan mato ustidagi chiziqni belgilash uchun bo‘r o‘rniga qoldiqlardan foydalaning. Bo‘rdan ko‘ra sovunni tozalash osonroq.

4. O‘simlik zararkunandalariga qarshi xavfsiz mahsulot tayyorlang. Ishlatib bo‘lingan purkagichli idishga maydalangan sovunni suv bilan aralashtirib, barglarning pastki qismiga seping. Yana bir yo‘l: eski to‘rli setkalarga sovun qoldiqlarini solib mevali daraxtlarga ilib qo‘ying. Sovun hidi turli zararkunandalarni daf qiladi.

Foto: “Noviy ochag”

5. Hamisha yodda tutish kerak bo‘lgan mashhur usul: sovundan tayyorlanadigan ignalar uchun yostiqcha. Bir parcha sovunni mato bilan o‘rang va igna va to‘g‘nog‘ichlarni yopishtirib qo‘ying.

6. Harorat o‘zgarishi sababli oyna va ko‘zoynaklar terlamasligi uchun ularning yuzasini sovunli eritmada artib oling.

Foto: “Noviy ochag”

7. Foydalanilayotganiga ancha vaqt bo‘lgan yog‘och tortmalarni ochishda xuddi chaqmoqdek ovoz chiqarsa va tiqilib qolaversa, ularni sovun bilan yog‘lashingiz mumkin. Harakatlanishi bo‘ylab bir bo‘lak sovunni surib chiqing. Endi tortmalar juda oson va chiyillashsiz ochiladi.

8. Yog‘och polning taxtalari g‘ichirlay boshlasa, ozgina sovunli suv yordam beradi.

9. Vintlarni qo‘l yordamida oson qotirish uchun ularni bir oz yog‘lash yoki sovunga ishqalab olish kerak.

Foto: “Noviy ochag”

10. Sovun yordamida, hatto, itingizni mebelni g‘ajib olishidan himoya qila olasiz. Mebelning oyoqlariga sovun surib chiqing, kuchuk ularga ortiq yaqinlashmaydi.

11. Krossovka yoki yomon hid kelayotgan boshqa oyoq kiyimingizga kechasi bir bo‘lak sovun solib qo‘ying.

12. Agar qulfni ochishda tiqilib qolayotgan bo‘lsa, siljishini osonlashtirish uchun kalitga sovun ishqalang.

13. Sovun uzoq vaqtlardan buyon turli xushbo‘y hid taratuvchi vositalar o‘rnini bosib kelmoqda. Shu bois ko‘pchilik to‘shak va kiyim-kechaklari orasida, tortmalarda sovun saqlashadi.

Foto: “Noviy ochag”

14. Sovun hasharotlar chaqishidan keyin qichishishni tinchlantirishga yordam beradi. Buning uchun, ayniqsa, kichik qoldiqlardan foydalanish qulay.

15. Sovun eritmasi devordan eski gul qog‘ozlarni olib tashlashga yordam beradi. Sovun va suvni aralashtirish orqali eritma tayyorlang, devorlarga seping va gul qog‘ozlarni yulib olishni boshlang.

16. Ochiq olovda pishirayotganda cho‘yan qozoning tubini sovun bilan ishqalab qo‘ysangiz qozon u qadar qorayib qolmaydi.

17. Darvoqe, sovun qon va o‘tdan qolgan dog‘larni ketkazishda yaxshi ishlaydi. Bunday dog‘lardan xalos bo‘lishni istasangiz, sovundan foydalaning.

18. Velosiped shinasidagi teshilgan joyni topish uchun kamarni sovunli suv bilan artib oling. Havo pufakchalari paydo bo‘lgan joyda teshik bor.

19. Sovun devordagi vintlar va mixlarning izlarini niqoblash uchun ham ishlatilishi mumkin. Buning uchun devor rangiga o‘xshash sovun tanlansa kifoya.

Foto: “Noviy ochag”

20. Va, albatta, sovun chiyillovchi ilmoqlar bilan ajoyib kurashadi. Eski darvoza yoki xonaning eshigi sizni bezovta qilmasligi uchun ularni sovun bilan ishqalang.

Mavzuga doir:

  • Kimyoviy vositalarsiz muzlatgichdagi yoqimsiz hiddan butunlay xalos bo‘lishning 15 ta sinalgan usuli
  • Ko‘ylakni dazmolsiz tekislash, televizor pulti uchun eng qulay joy va yana 9 ta yangi layfxaklar
  • Uyda hoziroq almashtirilishi kerak bo‘lgan 10 ta narsa

Qiziqarli malumotlar
Sovun qoldiqlaridan samarali foydalanish uchun 20 ta layfxak