SOVPLASTITAL
«SOVPLASTITAL» — Oʻzbekiston — Italiya qoʻshma korxonasi. Toshkent sh. da joylashgan. Plastmassa, rangli shisha, chinni, sogyul, yogʻoch va b. dan xalq isteʼmoli tovarlari va yuksak badiiy sovgʻa buyumlari — uy, ofis, meqmonxona, umumiy ovqatlanish korxonalari, dala hovlilarga moʻljallangan plastmassa mebellar va turli jihozlar, chinni, billur, rangli shishadan ishlangan roʻzgʻor buyumlari, santexnika jihozlari, rangli gullar va guldastalar — jami 800 dan ortiq nomdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Korxona tarixi 1969-y. da Toshkent sh. da sobiq SSSR Kime sanoatiga qarashli plastmassalarning atmosfera taʼsiriga chidamliligini oʻrganish lab. tashkil etilishidan boshlanadi. 1970-y. da laboratoriya i. t. va loyihatexnologiya boʻlimiga aylantirildi. 1974-y. da Oʻzbekiston maishiy kimyo va plastmassa buyumlari ishlab chiqaradigan «Oʻzmaishiykimyoplast» birlashmasi (1982-y. dan «Oʻzmaishiyplastika» ilmiyi. ch. birlashmasi) tashkil topdi.
Ensiklopediya.uz
SOVPLASTITAL