SOVET ITTIFOQI KOMMUNISTIK PARTIYASI
SOVET ITTIFOQI KOMMUNISTIK PARTIYASI (KPSS) 18981991-y. larda Rossiya, RSFSR, SSSRda faoliyat koʻrsatgan siyosiy partiya. 1898 i. martdan — RSDRP, 1917 i. apr. dan — (RSDRPb), 1918-y. martdan — (RKPb), 1925-y. dek. dan (VKPb), 1952-y. okt. dan — KPSS. Dastlab sotsialdemokratik ishchilar partiyasi sifatida tashkil topdi. 1903 i. iyul—avg. da boʻlgan partiyaning 2syezdida u bolsheviklar va mensheviklarta ajraldi. Bolsheviklarga V. I. Lenin, mensheviklarga L. Martov va G. V. Plexanov yetakchilik qilgan. 1917-y. gi Oktyabr toʻntarishi natijasida bolsheviklar Rossiyada hokimiyat tepasiga keldi va avval V. I. Lenin, keyinchalik (1920-y. lardan) I. V. Stalin boshchiligida davlat totalitar rejimining tayanchi boʻlib qoldi. KPSS aʼzolari soni 1917-y. taxm. 40.000 kishini tashkil etgan boʻlsa, 80y. larning oʻrtalarida 19 mln. kishigacha yetdi. Partiyaning 8syezdida (1919) qabul qilingan dastur kapitalizmdan sotsializmga oʻtish prinsiplarini umumiy tarzda eʼlon qildi. 1920-y. lar boshiga kelib bolshevik rahbarlar mamlakatdagi boshqa barcha siyosiy partiyalar faoliyatini man qildi. Kommunistik partiya markazda ham, joylarda ham hokimiyatning barcha dastaklarini oʻz qoʻliga olgan yagona siyosiy partiya boʻlib qoldi. 1922-y. dan partiya MK bosh kotibi lavozimini egallab kelgan I. V. Stalin guruxi partiyaning Troskiy va Zinovyev, Buxarin va Rikov singari boshqa rahbarlari ustidan keskin kurashlarda gʻalaba qozonishi (20y. larning oxiri — 30y. larning boshi) oqibatida bir partiyalik tizim mustahkamlandi. Ommaviy qirgʻinlar kuchayib, ularga KPSS rahnamolik qildi. 20syezd (1956)da N. S. Xrushchyov boshliq partiya rahbarligining bir qismi Stalin shaxsiga sigʻinishni, nohaq qatagʻonlar va rahbarlikning avtoritar usullarini fosh qilib chikdi. KPSS ning 22 syezdida (1961) qabul qilintan partiyaning yangi dasturida SSSR da sotsializm «toʻla va uzilkesil» gʻalaba qozonganligidan kelib chiqib, mamlakat «kommunizm kurilishi avj oldirilgan» davrga kirganligi eʼlon qilindi. Ammo keyingi voqealar bu dasturdagi asosiy qoidalar xomxayolligini koʻrsatdi. 60y. larning oxiridan boshlab partiya va u boshchilik qilayotgan siyosiy tizim turgʻunlikbosqichiga kirdi, partiya raxbarligidaL. I. Brejnev boshchiligidagi konservativ kuchlar ustunlik qildi; mamlakatning iqtisodiy rivojlanish surʼatlari keskin pasaydi. SSSR Konstitutsiyasi (1977) KPSS ning sovet jamiyatining raxbar va yoʻnaltiruvchi kuchi sifatidagi mavqeini huquqiy jihatdan mustahkamlab koʻydi. 1985-y. dan M. S. Gorbachev boshchiligidagi partiyaning oliy rahbarligi sovet jamiyatini qayta qurish va demokratiyalashtirishgaurindi. KPSSning 27syezdi (1986) «!gngi tahrir»dagi dasturni qabul qildi. Unda «kommunizm kurilishi» toʻgʻrisidagi qoida «sotsializmni takomillashtirish» toʻgʻrisidagi tezis bilan almashtiriddi. 28syezd (1990) keskin bahslardan soʻng 1986-y. gi dasturni amalda bekorqilgan va KPSSning astasekin «demokratok sotsializm» pozitsiyalariga oʻtishini eʼlon qilgan partiya «platformasi»ni tasdikladi. Bu paytga kelib KPSS ichida birbiriga qarshi turgan bir qancha oqimlar paydo boʻldi. KPSS va sovet jamiyatidagi tanazzul tobora kuchaydi. 1991-y. Rossiya Federatsiyasining Prezidenti B. N. Yelsin farmoni bilan KPSS faoliyati Rossiya hududida tuxtatildi va partiyaning tashkiliy tuzilmalari tarqatib yuborildi. 1992 i. va undan keyingi yillar Rossiyada bir kancha kommunistax partiyalar va tashkilotlar tuzildi. Ularning eng yirigi Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi (KPRF) hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
SOVET ITTIFOQI KOMMUNISTIK PARTIYASI