SOROKIN

SOROKIN

SOROKIN (Sorokin) Pitirim Aleksandrovich (1889.21.1, Turya, Perm gubernyasi — 1968.10.2, Uinchester, Massachusets shtati, AQSH) — kelib chiqishi rus boʻlgan amerikalik sotsiolog. Oʻng eserlar yetakchisi. 1920-y. dan Petrograd un-ti prof. Aksilinqilobiy faoliyati uchun shoʻrolar hukumati uni mamlakatdan chiqarib yuborgan (1922). 1923-y. dan AQSHda. 193064-y. larda Garvard un-ti prof. Shu yerda sotsiologiya ftini tashkil etib, uni boshqargan. Sorokin AQSH sotsiologiyasida x,ukmron boʻlgan empirik yoʻnalishni tanqid qilgan va «integral» sotsiologiya toʻgʻrisidagi taʼlimotni rivojlantirgan. Ijtimoiy borliqni individdan yuqori turuvchi ijtimoiy madaniy mavjudlik deb bilgan. Tarixiy jarayonni madaniyat asosiy tiplarining siklik almashinuvi deb tushuntirgan, bu madaniyatlar negizida til, axloq, sanʼat, fan, din birgalikda mavjud boʻladi. Hoz. madaniyat umumiy inqirozni boshdan kechirmoqda deb hisoblagan Sorokin bu inqirozni materializm va fanning rivojlanishi bilan bogʻlaydi hamda diniy «idealistik» madaniyatni kjsaltiribgina inqirozdan chiqish mumkin, deb izoxlaydi. Gʻarb sotsiologiyasida Sorokinning ijtimoiy mobillik va ijtimoiy stratifikatsiyani oʻrganish sohasida qilgan empirik tadqiqotlari ham yuqori baxrlanadi.

Ensiklopediya.uz
SOROKIN