So‘rg‘ichlar
🍼So‘rg‘ichlar Lateksli so‘rg‘ichlarni tanlashda yuqori sifatli taniqli brendlarga mansub bo‘lganini tanlash zarur. Sifatsiz lateks o‘zidan kanserogen moddalarni chiqarish xususiyatiga ega. So‘rg‘ichni shakliga qarab farqlash: 🍼Oddiy so‘rg‘ich — asosan lateksdan tayyorlangan bo‘lib, ona ko‘kragi shaklida bo‘ladi. Uning uchi kattaroq va dumaloq shaklga ega bo‘ladi. 🍼Anotomik so‘rg‘ich — yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan. Uning uchi biroz ezilgan shaklga ega bo‘lib, chaqaloq tanglayiga taqalib turadi. 🍼Ortopedik so‘rg‘ich — tomchi shaklini eslatadi. Bu shakldagi so‘rg‘ichlar bolaning og‘iz bo‘shlig‘ini butunlay qoplamaydi, natijada tish va jag‘ deformasiyalanmaydi.So‘rg‘ichlar
DO`STLARGA ULASHING:
Silikonli so‘rg‘ichlar sun’iy materialdan tayyorlanadi. Silikonli sorg‘ichning asosiy xususiyati bolada unga allergiya bo‘lmaydi, chunki silikon lateksdan farqli ravishda sun’iy moddadir. Silikonli so‘rg‘ich lateksli so‘rg‘ichdan ko‘ra uzoqroq muddatga yaroqlidir.
So‘rg‘ichlar