So‘rg‘ich tanlashda nimaga e’tibor berish zarur? to’liq malumot oling
So‘rg‘ich tanlashda nimaga e’tibor berish zarur?
🔹 Chaqaloqning vazni;
🔹 Og‘iz bo‘shlig‘i kattaligi;
🔹 Ko‘krak suti yoki aralashmani ichishi;
🔹 Chaqaloq yoshi;
🔹 So‘rg‘ich qaysi maqsadda berilishi.
🔹 Har bir bola va alohida vaziyat uchun o‘ziga yarasha so‘rg‘ich talab etiladi.
So‘rg‘ichdan foydalanish davomida quyidagilarni bilish muhim:
🔸 Bir so‘rg‘ichdan faqat bir bola foydalanishi kerak;
🔸 So‘rg‘ich teshilgan, shakli buzilgan, rangi o‘zgargan yoki deformasiyalangan bo‘lsa, undan foydalanish mumkin emas;
🔸 So‘rg‘ichni kamida 6-8 haftada almashtirib turish lozim;
🔸 So‘rg‘ichni muntazam ravishda tozalab yuvib, sterilizasiya qilish talab etiladi;
🔸 So‘rg‘ichni issiqlik yoki quyosh nurlari yonida qoldirish mumkin emas;
🔸 Sorg‘ichni bolaning bo‘yniga ipga ilish o‘ta xavfli, bo‘g‘ilib qolish yehtimoli katta. Uning o‘rniga kiyimga qadaladigan maxsus so‘rg‘ich ilmoqlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Manba (https://t.me/BabyMarine/1831)
Boshqa mavzular
So‘rg‘ich tanlashda nimaga e’tibor berish zarur?