Soqolni qalinlashtirish uchun tavsiyalar to’liq malumot oling

Soqolni qalinlashtirish uchun tavsiyalar to’liq malumot oling

Soqolni qalinlashtirish uchun tavsiyalar

To‘yib uxlash yuz terisining ham rivojiga ijobiy ta’sir qiladi. Ayni o‘smirlik yoshida kamida 6-8 soat uxlash kerak. Bunday uyqu rejimida teri to‘qimalari o‘z vaqtida rivojlanib, soqol va mo‘ylab tez rivojlanadi.

A, B, C, E vitaminlariga boy bo‘lgan mahsulot va mevalarni ko‘proq iste’mol qiling. Ular soch va soqolning o‘sishi uchun foydali.

Sport bilan shug‘ullaning. Jismoniy faollik ham siyrak soqolni bartaraf etishning samarali usuli.

Yuzni har doim toza tuting. Toza terida tuk tez va oson unadi. Har kuni tongda va kechki mahal yuzni iliq suvda yuving.

Sigareta cheksangiz, bundan voz keching. Nikotin va sigareta tarkibidagi 4800 ta kimyoviy modda teri tarkibini zaharlab, soqolning siyraklashuviga olib keladi.

Ko‘pchilik go‘zallik va salomatlik sohasi ekspertlari tomonidan qayd etilishicha, xotirjam va xursand kayfiyatdagi insonlarda soqol tezroq o‘sar ekan. O‘zingizni tushkunlik kayfiyatidan himoya qiling.

Taomnomangizda go‘sht, baliq, tuxum, yong‘oq kabi oqsilga boy mahsulotlar ulushini oshiring.

Kosmetolog bilan maslahatlashib, yuzingizda mavjud o‘lik teri to‘qimalarini har hafta bir marotaba tozalab turing.

@andrology_uz 🚑

www.andrology.uz 🌍

Davlatlar
Soqolni qalinlashtirish uchun tavsiyalar