SOPLO
SOPLO — gaz, havo (bugʻ) va suyuqlikni purkash hamda ularning oqimi yoʻnalishi va tezligini rostlab turish uchun moʻljallangan konussimon uchlik. Gidravlik turbina, bug turbinasi, forsunka, reaktiv dvigatellarda (rayemga q.) ishlatiladi. Soploning koʻndalang kesimi toʻgʻri toʻrtburchak (yassi S), dumaloq (oʻq boʻyicha simmetrik Soplo) yoki ixtiyoriy shaklda (fazoviy Soplo) boʻlishi mumkin. Sda oqim yoʻnalishida suyuklik yoki gazning tezligi (i) uzluksiz (boshlangʻich tezlik iodan chiqishdagi tezlik ia gacha) oshib boradi (uqua). Energiyaning sak,lanish qonuniga muvofiq, tezlik oshgan sari bosim va tra pasayib boradi. Soplo dagi suyuqlik yoki gaz oqimini hisoblashda ana shu xususiyatni hisobga olish kerak boʻladi. S texnikada (bugʻ va gaz turbinalarida, raketa va havoreaktiv dvigatellarda, magnitgazodinamika qurilmalarida, samolyotlar sinaladigan aerodinamik quvurlar va b. da) keng ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
SOPLO