SONORIZM

SONORIZM

SONORIZM, sonoristika (lot. sonorus — jarangdor soʻzidan) — 20-a. musiqa uslublaridan. Konkret musiqa, elektron musiqa, shuningdek, musiqiy impressionizm tamoyillari asosida 1960-y. larda yuzaga kelgan (K. Pendereskiy, D. Ligeti va b.). 1970y. lardan O. Messian, V. Lyutoslavskiy, R. Shchedrin, A. Shnitke va b. kompozitorlar ijodida rivoj topgan. Sda tovushlardagi balandpastlik, ritmik munosabatlar emas, balki birinchi oʻrinda tembr (tovush boʻyogʻi), turli musiqiy birikmalar sadolanishining oʻziga xosligi turadi. Unda akkordlar oʻrnida tovushlarning noanʼanaviy qoʻshilmalari, sozlarning yangi chalish usullari qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda M. Tojiyev, R. Vildanov, T. Qurbonov, F. va D. YanovYanovskiylar, M. Bafoyev va b. kompozitorlar asarlarida uchraydi.

Ensiklopediya.uz
SONORIZM