SOMONCHISOY
SOMONCHISOY — Toychisoy Qashqadaryo viloyatidagi soy. Pachkamar dovonidan 3 km oʻtgach, Ellikbosh tizmasi jan. yon bagʻridagi Jangabuloq bulogʻidan boshlanadi. Uz. 84 km, xavzasining mayd. 496 km2. Asosan, yomgʻir, qisman qor erishidan toʻyinadi. Oʻzan boʻylab chiqadigan yer osti suvlari hisobiga soyda yil boʻyi suv oqadi. Quyi oʻzanida doimiy suv oqimi deyarli boʻlmaydi.
Ensiklopediya.uz
SOMONCHISOY