SOM-HOM TILLARI

SOM-HOM TILLARI

SOM-HOM TILLARI, afrika osiyo tillari — Afrikaning Atlantika okeani qirgʻogʻi va Kanar o. laridan Qizil dengiz qirgʻogʻigacha boʻlgan shim. qismida, Gʻarbiy Osiyo xamda Malta o. da tarqalgan tillar makrooilasi. Som-hom tillarida (asosan, arab tilining turli lahjalarida) soʻzlashuvchilarning guruhlari shu tillar tarqalgan mintaqadan tashqaridagi koʻpgina mamlakatlarda ham uchraydi. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 320 mln. kishidan ortiq. Som-hom tillari 5 tarmoqqa boʻlinadi: som tillari, qad. misr tili, barbarliviya tillari, chad tillari, kushit tillari. Baʼzi tasniflarda 6tarmoq sifatida omot tillari koʻrsatilsada, bu fikr hali toʻliq tasdiqlanmagan.

Ensiklopediya.uz
SOM-HOM TILLARI