SOLKASHLIK

SOLKASHLIK

SOLKASHLIK — mevali daraxtlarning yil ora hosil berishi. Bu xususiyat, asosan, urugʻli mevalilarga xos. Solkashlik noklarda, odatda, olmaga Karaganda juda kam uchraydi. S, asosan, agrotexnikaga bogʻliq. Parvarishi yaxshi (tuprogʻi ishlanadigan, oʻgʻitlanadigan, sugoriladigan, butab turiladigan) oʻsimlik toʻqimalarida kerakli mikdorda oziq moddalar toʻplanib, gul kurtaklarining shakllanishiga, yaʼni kelasi yil hosiliga zamin yaratiladi va bunday daraxtlar har yili hosil beradi.

Ensiklopediya.uz
SOLKASHLIK