SOLIYEV
SOLIYEV Bulat (Bekbulat) Majidovich (1882.22.3, Astraxon 1937.13.10, Toshkent) — tarixchi olim, prof. (1926). Qozon va Ufa sh. laridagi madrasalarda oʻqigan. 1909-y. dan Turkiston oʻlkasi qishloqlarida maktablar ochib, oʻqituvchilik kilgan. 1917—18 ylar nashr etilgan «El bayrogʻi» gaz. ning muharriri. Qoʻqonda oʻqituvchilar seminariysi va Fargʻonada qishloq maktablari uchun oʻqituvchilar tayyorlash kurslarini tashkil qilishda qatnashgan (1918). 1919—20 y. larda Toshkentda turli oʻquv yurtlari va kurslarda ishlagan. 1923 — 24 y. larda Buxoroda nashr etilgan «Maorif» jur. ning muharriri. 1925 — 27 y. larda Moskvadagi qizil professorlar in-tida oʻqigan va Sverdlov nomidagi untning tarix ftini tugatgan, ayni vaqtda SSSR xalqlari Markaziy nashriyotida ilmiy xodim. 1927-y. dan Samarqandda Oliy pedagogika in-ti prof., mazkur Intda Oʻrta Osiyo tarixi kafedrasini tashkil qilib, Oʻrta Osiyo tarixidan dars bergan. «Qizil qalam» adabiy jamiyati aʼzosi. 1936-y. dan Oʻzbekiston fanlar qoʻmitasidagi Oʻzbekiston tarixi va adabiy boʻlimi boshligʻi. Soliyevning ilmiy faoliyati Sharq mamlakatlari, xususan, Oʻrta Osiyo tarixi, etn. va iqtisodiyotini oʻrganishga bagʻishlangan. 1937-y. qatagʻon qilingan va otib tashlangan. 1956-y. oklangan. Samarqanddagi koʻchalardan biri Soliyev nomi bilan ataladi.
Ensiklopediya.uz
SOLIYEV