SOIB TABRIZIY
SOIB TABRIZIY (taxallusi; asl ism-sharifi Mirzo Muhammad Ali) (1601 — Eron, Isfahon sh. —1677) — ozarbayjon shoiri. Asosan, fors tilida ijod qilgan. Koʻp sayohatlarda boʻlgan, 8 y. Hindistonda yashagan. Eronga qaytgach, «malik ushshuaro» unvoniga sazovor boʻlgan. Shoh Abbos II (1642—66) saroyida yashagan. Harbiy yurishlar haqida sheʼrlar — jangnomalar, didaktik asarlar — pandnomalar, falsafiy mazmundagi gʻazallar yaratgan. Qandahor yaqinidagi janglar ga bagʻishlangan «Qandahornoma» dostoni mashhur. Ozarbayjon tilidagi sheʼrlarida Fuzuliy anʼanalarini rivojlantirgan. Soib Tabriziy shoir sifatida Sharq xalqlari adabiyotlarida koʻplab izdoshlarga ega. Uning katta hajmdagi (120 ming baytga yaqin) sheʼriy merosi nisbatan kam oʻrganilgan. Ac: Gʻazallar, Boku, 1946.
Ensiklopediya.uz
SOIB TABRIZIY