SOHIBQIRON BOBOMIZ tadbir ssenariysi to’liq malumot oling

SOHIBQIRON BOBOMIZ tadbir ssenariysi to’liq malumot oling

SOHIBQIRON BOBOMIZ tadbir ssenariysi
Mundarija скрыть

4-sinflar uchun tadbir ssenariysi

Sahna yoki sin fxonasi o`ziga xos uslubda bezatilgan. To`rda buyuk sarkarda Amir Temur portreti. Uning vatanparvarlik, adolat, yaxshilik borasidagi tuzuklaridan namunalar, shuningdek, Sohibqiron haqidagi allomalarimiz, muhtaram Yurtboshimizning so`zlari yozilgan plakatlar osilgan. Sharlar, gullar sahna ko`rkiga ko`rk qo`shgan.

Milliy libosda ikki boshlovchi sahnaga chiqishadi. Ular «Yuz yilda tug’ilar bir sardor» sherini aytadilar.

 1-boshlovchi:

Hotam dunyo himmatlari bor,

Hikmati bor har bir tuhfasin.

Yuz yilda bir tug`illsa sardor,

Uni Parvardigor asrasin!..

2-boshlovchi:

Beshikda tinch uxlar go`dak jon,

Kulgusiga sadaqa bu jon.

Millat uchun kim bolsa qalqon,

Parvardigor o`zi asrasin.

1-boshlovchi:

Yomon ko`zdan saqlasin zinhor,

Kamolingni koYolmaslar bor.

Kimki karvon boshidagi nor,

Parvardigor o`zi asrasin.

2-boshlovchi:

Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, qadrli ustozlar, hurmatli o`quvchilar. Bugungi buyuk sarkarda, qudratli saltanat asoschisi, jahongir bobomiz Amir Temur tavalludiga 675 yil tolishi munosabati bilan o`tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz!

1-boshlovchi: Sohibqiron bobomiz faqat bizninggina emas, balki jahon tarixining eng ulug` eng yorqin siymolaridan biridir.

Yetti iqlimga mashhur ulug’ jahongir tengi yo`q sarkarda sifatida tan olingan, uning nomi tarix sahifalariga manguga bitilgandir.

2-boshlovchi: Bugun biz donishmand alloma, Movarounnahr zaminida o’z xalqini chet el bosqinchilaridan himoya etgan, qudratli davlat tuzgan Amir Temurning

bosib o`tgan ibratli yoliga bir qur nazar solamiz.

O`quvchilar ijrosida Vatan haqida qo`shiq kuylanadi. Qo`shiq nihoyasiga yetgach, boshlovchilar navbatni tadbir ishtirokchilariga beradi.

Sahnaga milliy libosdagi o`quvchilar chiqishadi. Ular ulug’ davlat arbobi Amir Temurhayoti va faoliyati haqida o`zlaydilar.

1-o`quvchi: Jahongir bobomiz — Muhammad Tarag’ay Bahodir og`li Amir Temur 1336 yil 9 aprelda Shahrisabz yaqinidagi Xo`jailir qishlog`da tug`iladi. U barlos beklaridan bo`lgan Tarag’ay Bahodirning og`li edi.

2-o`quvchi: Temur bolaligidan aqlli, ziyrak va juda epchilligi bilan tengqurlaridan ajralib turardi.

Iqtidori va ilm olishga bo`lgan zo`r ishtiyoqi tufayli dunyoviy ilmlarni, shuningdek, harbiy san’atni ham puxta egallagan.

3-o`quvchi: Qur’oni Karimni yod olgan. Hadis ilmini mukammal bilgan. Qo`rqmas, jasur chavandoz sifatida ham elga tanilgan.

4-o`quvchi: 25 yoshida Shahrisabz hokimi lavozimini egallagan va katta ishlarga qo`l urgan. Faoliyati davomida o`z tadbirkorligi bilan nom qozongan.

5-o`quvchi: Buyuk sarkardaning butun hayoti jangu jadallar bilan o`tganligi tarixdan ma’lum.

U Movarounnahrda mustaqil birlashgan davlat tuzdi. Mamlakatni chet el bosqinchilaridan asradi.

6-o`quvchi: Natijada tinchlik, osoyishtalik tufayli uning davlatida marifat, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at o`sdi, rivojlandi. Shaharlar obod boldi. Betakror obidalar, madrasalar qad rostladi, bog`lаг barpo etildi.

7-o’quvchi: Ayniqsa, Temur davlati poytaxti hisoblangan Samarqand shahrida qurilgan va dunyo

ahlini lol qoldirgan me’moriy obidalar hanuzgacha shahar ko`rkiga betimsol ko`k bag`shlab turibdi.

8-o`quvchi: Shuning uchun ham Samarqand «Sayqali ro`yi zamin» — butun yer yuzining sayqali, husni, deya ta`riflangan. Havosi toza, tabiati nihoyatda go`zal, uch tarafidan tog`lar o`ab turgan, suvi то`l bu hudud temuriylar davrida, jannatmakon bir go`zal maskanga aylangan.

9-o`quvchi: Bu haqda «Boburnoma»da ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgandir.

10-o`qquvchi: Amir Temur o’z davrida mamlakatini iqtisodiy barqaror gullab yashnashi uchun ko`plab ibratli ishlarni amalga oshirgan.

U-o`quvchi: U ayniqsa, dehqon, hunarmand, kosiblar mehnatini nihoyatda qadrlagan. Tarbirkor sifatida turli sohalarni rivojlantirgan.

O`quvchilar milliy raqslarimizdan birini ijro etishadi.

Boshlovchilar botir sarkarda haqidagi tarixiy ma’lumotlardan so’zlaydilar.

1-boshlovchi:Tarixchi  Sharafiddin Ali Yazdiy o`zining «Zafarnoma» asarida Sohibqironning hayoti va zafarli yurishlari haqida muhim ma’lumotlarni beradi.

Asar aslida Temurning nabirasi Shohruh Mirzoning tfgli — Sulton Ibrohim topshirig’i bilan yozilgan bo`lib, temuriylar davlati boshqaruvi, ulug* saltanat egasining bu boradagi amalga oshirgan ishlari haqida qimmatli ma4umotlar beradi.

2-boshlovchi: Tarixchining e’tiroficha, Amir Temur — davlat, mamlakat va fuqarolaming g`amxo`ri edi. Uning butun umr amal qilgan oltin qoidasi — «rosti — drusti» edi. Ya’ni, «haqiqat — sihat-salomatlik», «haqiqat — tartib», «haqiqat — adolat» demakdir, deya ta’kidlardi buyuk sarkarda.

1-boshlovchi: Dunyoga mashhur  donishmand bobomiz jangu jadallarga to`a hayoti davomida barcha davlat boshqaruvidagi insonlarga o’zining adolat, insof va diyonatdan, insoniylikdan saboq beruvchi tuzuklarini qoldirdi. «Temur tuzuklari»ni bugun juda ko`plab xalqlar sevib o`qiydi.

Oquvchilar Sohibqiron tuzuklaridan namunalar keltiradilar.

— Mergan ovda bilinar, botir —yovda.

—   Til — qilichdan o’tkir.

—  Toy mingan ot ham minadi.

Ular «Amir Temur bobomiz» sherini jo’r bo’lishib aytishadi.

1-boshlovchi: «O’zbekistonning bugungi ozodligini mustahkamlash davrida Amir Temur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadrlidir. U qudratli davlat poydevorini qurgan, davlatning huquqiy asoslarini barpo etgan. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o’z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi», — degan edi muhtaram Prezidentimiz.

Oquvchilar istiqlolsharofati tufayli boy tariximiz, milliy ma’naviy qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz o’zligimizga qaytganligi borasida ham navbat bilan so’zlaydilar.

— Mustaqillikka erishganimizdan

so’ng Yurtboshimiz rahnamoligida

ko’pgina ezgu ishlar amalga oshirildi.

Yurtimizda ilk bor buyuk sarkarda

bobomizga haykal ornatildi.

1996 yil «Amir Temur yili», deb е`lоn qilindi.

Poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida muhtasham bino

      — Temuriylar tarixi davlat muzeyi qad ko`tardi.

     —   Buyuk davlat arbobi nomi bilan ta’sis etilgan «Amir Temur» ordeni bilan eng avval u tug`ilgan shahar

— Shahrisabz va Sohibqiron davlatining poytaxti, buyuklar maskani bo’lmish Samarqand taqdirlandi.

—   Temuriylar avlodining yirik vakili, O`z bilim, tafakkuri «Zichi Ko`ragoniy»dek shoh asari bilan koinotni zabt etgan, dunyoviy ilmlami mukammal egallagan Amir Temurning suyukli nabirasi Muhammad Tarag`ay Ulug’bekning jahon ilmu fani rivojiga qo’shgan xizmatlari benihoya kattadir. U qurdirgan madrasalarda, tashkil qilgan Akademiyada o’z davrining yetuk olimlari faoliyat ko’rsatgan.

Mirzo Ulug’bekning 600 yillik tantanalari ham 1994 yilda awal Fransiyada, so`ngra Samarqandda keng tantana qilindi.

2-boshlovchi: «Bu dunyoda xalqimiz, millatimiz, O’zbekistonimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayot!.. Amir Temur nafaqat Turon, Turkiston, O`zbekiston zaminining, balki insoniyatning eng ulug` daholaridan biridir», — deya ta’kidlagan edilar

Yurtboshimiz, biz — buyuklar avlodi ekanligimizga ishora qilib.

— Temur bobomiz kabi buyuklarga beshik bo`lgan shu qutlug’ zaminda ilm-fanda, tibbiyotda, ilmi-nujumda, adabiyot va san’atda butun dunyoga tanilgan ulug` ajdodlarimiz — Mirzo Ulug`bek, Al Xorazmiy, Al Buxoriy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar kamol topgan. Ular buyuk tariximizning zabardast vakillaridir. Biz ulug’ siymolarimiz bilan doimo faxrlanib yashaymiz.

O’quvchiliar tadbir boshlanishida o’qilgan sho’rni davom ettirishadi.

— Dunyoga boq xayol

yetmagan, Burchagi yo’q olov

ketmagan. Osmoni tinch, osuda

Vatan!.. Parvardigor o’zi asrasin.

—Boshin silab yoshu kattasin,

Chinordayin shoxu novdasin.

Asraguvchi Temurzodasin,

Parvardigor o’zi asrasin.

* * *

—Kengashganga dunyo keng, axir

Biring — yoqa, biring — yeng axir!

Qavmim kel, deb kim ochsa bag`r ,

Parvardigor o’zi asrasin.

Boshlovchilar yakunlovchi so’z aytadilar.

— Aziz mehmonlar, qadrli o`quvchilar, shu bilan Sohibqiron bobomiz tavalludiga bag`ishlangan tadbirimiz nihoyasiga yetdi. Xayr, omon bo’ling!

Oquvchilar ijrosida «Ozbekiston» qo’shig’i ‘yangraydi. Unga barcha jo’r bo’ladi.

Darsliklar
SOHIBQIRON BOBOMIZ tadbir ssenariysi