Sog`liqni saqlash vaziri turkmanistonlik hamkasbi bilan uchrashdi
Xabar berilganidek, bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Rasmiy delegasiya tarkibida Turkmaniston Sog`liqni saqlash vaziri Nurmuxammet Amannepesov ham bo`lib, O`zbekiston Sog`liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibaev bugun turkmanistonlik hamkasbi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator masalalar yuzasidan muloqotlar o`tkazildi. Shuningdek, N. Amannepesov A. Xadjibaev hamrohligida Bolalar milliy tibbiyot markazida bo`lib, u erda yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi.
Turkmaniston Sog`liqni saqlash vaziri O`zbekistonning tibbiyot sohasida erishgan yutuqlarini e`tirof etib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining rivojlanishi ikki tomon uchun ham manfaatli bo`lishiga ishonch bildirdi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Sog`liqni saqlash vaziri turkmanistonlik hamkasbi bilan uchrashdi