Sog‘liq uchun qanday pishloqlar foydali? to’liq malumot oling
Ko‘pchiligimiz pishloqning sog‘liq uchun foydali mahsulot ekanligini ba’zan unutib ham qo‘yamiz. Bu maqolamizda biz pishloqning har xil turlari, ularning organizmga foydasi va zarari to‘g‘risida gapirmoqchimiz, deb yozadi Daryo nashri.
Mundarija
скрыть
Tarkibida yog‘i kam bo‘lgan pishloq
Bu pishloqlar yog‘i kam yoki butunlay yog‘i olingan sutdan tayyorlanadi. Pishloqning bunday turiga parmezan, romano, motsarella, rikkotu, chedderlar kiradi.
Tarkibida yog‘i ko‘p bo‘lgan pishloq
Semirib ketishdan qo‘rqib bunday pishloqlardan voz kechish yaramaydi, chunki uning hatto bir-ikki bo‘lakchasi ham siz uchun foydali bo‘lishi mumkin. Lekin brinza, feta va echki suti pishloqlarining kaloriyasi kattaligi va yuqori miqdorda to‘yingan yog‘larga ega ekanligini unutib qo‘ymang.
Tarkibida tuzi kam bo‘lgan pishloq
Sutning pishloqqa aylanish jarayonida tuz ham bevosita ishtirok etadi. Shuningdek, ta’mi, zichligi, saqlash muddati va inson organizmi uchun xavfsizligini belgilab beradi. Shu sababdan har qanday pishloqning tarkibida albatta tuz ishtirok etadi.
Tarkibida tuzi ko‘p bo‘lgan pishloq
Tarkibida tuzi ko‘p bo‘lgan pishloqning 30 grammida gohida sutkalik normaning uchdan bir qismi miqdorida tuz bo‘lishi hollari uchraydi. Pishloqning bunday turlariga rokfor, parmezan va biroz kamroq tuzlangan amerikacha va moviy pishloqlar kiradi.
Kalsiy moddasi ko‘p bo‘lgan pishloq
Pishloq – dunyodagi tarkibi kalsiyga eng boy bo‘lgan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun, bu mahsulot o‘zining suyaklari va sochlari sog‘lomligi uchun qayg‘uradigan har bir kishining dasturxonida albatta bo‘lishi lozimdir. Ayniqsa Shveysariya pishlog‘i, chedder, rikottu, motsarella, gauda, kolbi va meksikancha aralash pishloqlari tarkibida kalsiy moddasi ko‘pligi uchun pishloqning bunday turlariga alohida e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Foydali Maslahatlar
Sog‘liq uchun qanday pishloqlar foydali?