Sogʼlom jinsiy aloqa
Mutaxassislar buning sababini inzol paytida qonga lazzat gormonlari – endorfinlarning koʼproq miqdorda tushishi bilan bogʼlaydilar. Boshqa jismoniy faol harakatlar kabi meʼyoriy jinsiy munosabat ham ziqlikni bartaraf etib, asab-ruhiy tizim va boshqa aʼzolar faoliyatiga ijobiy taʼsir etadi. Аlbatta, ushbu oʼrinda erkak kishining oʼz xasmi haloli-rafiqasi bilan boʼlgan munosabati nazarda tutilmoqda. Zino esa, aksincha erlik kushandasi ekanligi shubhasiz. Аgar er-xotin oʼrtasidagi jinsiy munosabat ikkovlarini ham toʼlaqonli qanoatlantiradigan darajada bir maromda, rejali tarzda muttasil amalga oshirilsa, uning quyidagi shifobaxsh jihatlaridan bahramand boʼlish mumkin: ?️Birinchidan, jinsiy munosabat faol jismoniy harakat boʼlganligi bois, kishi bir marotabalik intim yaqinlik davomida sportchining yarim soat shugʼullanganiga teng miqdordagi energiyani yoʼqotadi. Bu esa, tanadagi ortiqcha yukni bartaraf etib, asr tahdidi boʼlgan semizlikning oldini oladi. ?️Ikkinchidan, yaqinlik paytidagi tananing faol harakatlari son, dumba, bel va tos mushaklari faoliyatini keskin kuchaytirib, undagi qon aylanishi, modda almashinuvi kabi koʼplab jarayonlarga ijobiy taʼsir etadi. ?️Uchinchidan, jinsiy yaqinlik uchun zaruriy biofaol testosteron moddasining ishlab chiqilishining kuchayishi bois, inson suyak-mushak tizimi mustahkamlanadi. ?️Toʼrtinchidan, boshqa jismoniy faollik talab etuvchi sport turlari kabi jinsiy munosabat ham qondagi immunoglobulin moddasi miqdorining koʼpayishiga sabab boʼlar ekan. Shu tufayli ham bu toifa kishilarda turli yalligʼlanish kasalliklari kamroq uchrashi kuzatilar ekan. ?️Beshinchidan, muntazam jinsiy munosabatni tark etmaslik ichki jinsiy aʼzolar-prostata bezi, urugʼ pufakchalari, moyaklar kabilarda dimlanish holatining roʼy bermasligini taʼminlaydi. Natijada, orxit, prostatit, epididimit, vezikulit kabi noxush xastaliklarning oldi olinib, kelajakda jinsiy zaiflik kabi noxush dardlarga yoʼl ochilmaydi. ?️Oltinchidan, toʼlaqonli jinsiy munosabat peshob qopchasi jom mushaklari mustahkamligini taʼminlaydi. Bu esa, qovuq boʼshligi kabi noxush holatlarning oldini oladi. ?️Ettinchidan, rejali, maromida olib borilgan jinsiy munosabat (agar oʼta zoʼriqishga yoʼl qoʼyilmasa) yurak-qon tomir tizimiga sezilarli ijobiy taʼsir etadi. ?️Sakkizinchidan, boshqa jismoniy harakatlar kabi jinsiy yaыinlik ham tanadagi quvvatning yoʼqotilishiga olib keladi. Bu hol esa, ishtahaning kuchayib, oshqozon – ichak tizimidagi hazm jarayonlarining ham meʼyorlashuviga olib kelishi bilan benazirdir. ?️Toʼqqizinchidan, muntazam tarzda, rejali jinsiy hayot kechiruvchilarda barvaqt qartayish-klimaks holatining yengil oʼtishi kuzatiladi. Goho esa, erkaklarda bu noxush davrning mutloq roʼy bermasligi aynan jinsiy faoliyatning maromida olib borilishi bilan bogʼliqligi aniqlangan. ?️Oʼninchidan, meʼyoriy jinsiy munosabatda yashovchi er-xotinlarda oʼsma (saraton) kasalliklarining keskin kam uchrashi koʼplab ilmiy manbalarda keltirilgan. Yuqoridagilarni keltirishdan maqsad jinsiy munosabatga harismandlikni aslo ragʼbatlantirish emas. Chunki, har bir insonga faqat oʼziga xos boʼlgan meʼyor va imkon ato etilgan. Zero, jinsiy aloqaga behad ruju qoʼyishning salbiy jihatlari haqida keyingi maqolalarda toʼxtalish niyatidamiz. Misol uchun, ayrim gʼarb olimlari ayoliga xiyonat qilishga odatlangan erkaklarning aksariyati goʼyoki kuchli jinsiy quvvatga ega boʼlishlarini eʼtirof etishadi. Zero, aynan oʼsha zinokor toifalarda infarkt va insultdan vafot etish xavfi boshqalarga nisbatan 3-3,5 marotaba yuqoriligi allaqachon oʼz ilmiy isbotini topgan.Sogʼlom jinsiy aloqa
DO`STLARGA ULASHING:
Sogʼlom jinsiy aloqa