SOFIYA
SOFIYA — Bolgariya poytaxti. Sofiya soyligining jan. chekkasida, Vitosha togʻi etaklarida, 530—650 m balandlikda joylashgan. Sofiya viloyatining maʼmuriy markazi. Bankya, NoviIskir va b. shaharlar bilan aloxida maʼmuriy birlik — Katta Sofiyani tashkil etadi. Aholisi 1,09 mln. kishi (2001). Iqlimi moʻtadil kontinental iqlim, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 2°, iyulniki 20°, yillik yogʻin 600—650 mm. Shaharning sharqiy chekkasidan Iskir daryosi oqib oʻtadi, shahar atroflarida mineral buloklar bor. S. Gʻarbiy va Markaziy Yevropa davlatlarini Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bogʻlab turuvchi vodiylar orqali oʻtgan qad. yoʻllar ustida joylashgan transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.
Ensiklopediya.uz
SOFIYA