SOFIYA IBODATXONASI

SOFIYA IBODATXONASI

SOFIYA IBODATXONASI, Ayo Sofiya (Avliyo Sofiya) ibodatxonasi — Istanbuldagi meʼmoriy yodgorlik. Vizantiya meʼmorligining buyuk mahobatli yodgorligi (532—537). Meʼmorlari trallik Anfimiy va miletlik Isidor. Si. tarhi 3 neflk gumbazli bazilika shaklida boʻlib, yon neflari 2 qatlamli, gumbazi yarim aylanasimon. Oʻrta nefi keng va baland, tomi ulkan gumbaz bilan qoplangan. Ibodatxona uz. 77 m, gumbaz diametri 31,5 m. Gumbazi 4 ustunga hamda bagʻalidagi ravoqlarga tayangan. Gumbaz asosiga 40 ta deraza ishlangan. Interyerida order tizimi (kolonnada, ravoq va b.) dan foydalanilgan. Rangli marmar va koshinlar bilan serhasham bezatilgan. 6-a. da vayron boʻlgan gumbazi 1374-y. da kichik hajmda qayta tiklangan. 4 tomoniga nayzasimon minora ishlangan (1618-a. lar). Hozir muzey.

Ensiklopediya.uz
SOFIYA IBODATXONASI