SODIQOV Marat Fayziyevich

SODIQOV Marat Fayziyevich

SODIQOV Marat Fayziyevich (1945.27. 12, Gʻijduvon tumani) — grafik rassom, Oʻzbekiston BA akad. (2003). Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1999). Toshkent teatr varassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1973). Sodiqov litografiya, akvarel, guash, tempera usulida ijod qiladi, ijodida fidokorlik, rassom va zamon, inson va tabiat kabi mavzular yetakchi oʻrin tutadi, hayotda roʻy bergan muhim oʻzgarishlar uning asarlarida oʻz aksini topadi: «Gazli» (1971), «Navoiy kimyo k-ti» (1974), «Fashizm» triptixi (1975), «Hodisa» (1976), «Oq Buxoro» turkumi (1978—85), «Xronika» turkumi (1981), «Mening Buxoroim» (1982), «Oʻzbekiston boʻylab» (19842000), «Soʻqoq» (1985) va b. avtolitografiyalar turkumlari.

Ensiklopediya.uz
SODIQOV Marat Fayziyevich