SODALIT GURUHI

SODALIT GURUHI

SODALIT GURUHIsilikatlar sinfiga mansub minerallar: sodalit ^[A18Yu4]6S12, n o z ye a n NaJAlSiO^SO,, gayuin Na6Ca2[AlSiO4]6(SO4)2, lojuvard Na6Ca2[AlSiOJ6(SO4)S. Kristall tuzilishi Al2Si04Ning alyumokremniy kislorodlik sinchlaridan iborat, yirik boʻshliqlari (gʻovaklari) S1~ va SO4~ (baʼzan S2~) anionlari b-n, may da boʻshliqlarini esa, Na+ va Sa2+ toʻrtta ionlari bilan egallagan minerallardir. Kub singoniyada kristallanadi; rombdodekaedr (sodalit, lojuvard) va oktaedr (gayuin) shakllaridagi kristallar hosil qiladi; odatda, jinslarda donachalar holida uchraydi. Qattikligi 5,5—6; zichligi 2,3 g/sm3dan (lojuvard) —2,5 g/sm3gacha (gayuin). Rangi koʻk, havo rang (lojuvard, gayuin), sariq, och yashil, ok, yoki kulrang. Sodalit guruhi dagi ayrim minerallar jins hosil qiluvchi minerallar hisoblanadi, mas, nefelinli siyenitlarda — sodalit; fonolitlar va b. ishqorli effuziv jinslarda — nozean va gayuin. Lojuvard bilan sodalit kontaktmetamorflashgan ohaktoshlarda ham hosil boʻladi. Sodalit guruhi g minerallari xorijda RF (Kola ya. o., Ilmen togʻi, Baykal oldi), Ukraina, Tojikiston (Zarafshon togʻlarida), Vezuviy atrofi (Italiya jan.) va b. joylarda bor. Oʻzbekistonda esa, faqat lazurit topilgan. Sodalit va lazuritning koʻk turlari asl toshlar hisoblanadi. Sodalit guruhi minerallari mineral boʻyoq sifatida, shuningdek, radioelektronika va televideniyeda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
SODALIT GURUHI