SODA
SODA — turli natriy karbonatlarning umumiy texnik nomi. Kalsinatsiyalangan Soda — Na2CO, (natriy karbonat); kristallangan Soda — Na2CO310H2O (natron), ichimlik yoki oziq-ovqat Sodasi — NaHCO, (natriy gidrokarbonat) bor. Bulardan tashkari, kaustik Soda — NaOH (oʻyuvchi natriyning texnik nomi) ham mavjud. Soda tabiatda Na2CO310H2O hrlida, koʻl va mineral suv havzalarida erigan holda uchraydi. Soda suvdagi eritmalaridan 32° gacha Na2CO3 10N2O, 3235°da Na2CO36H2O, 35° dan yuqorida Na,CO3H2O, 112,5° da suvsiz tuz — Na2CO3 kristallanadi. NaO10H2O — rangeiz kristall modda, havoda nurab turadi. Zichligi 1450 kg/m3, 100 g suvda 0° da 20,9 g, 104° da esa 42,1 g eriydi. Kalsinatsiyalangan Soda — rangsiz kristall modda, zichligi 2530 kg/m3, suyuqlanish t-rasi 858°; gigroskopik, suvda eruvchanligi massasiga nisbatan 6,54%(0° da) va 17,69%(20°da). Ichimlik Soda ham oq kristall kukun, zichligi 2200 kg/m3, 100— 150°da parchalanadi; suvda eruvchanligi 6,54% (0° da), 9,4% (25°da), 14,1% (60°da). Sodaning suvdagi eritmalari gidrolizga uchrab, kuchli ishqoriy reaksiya namoyon qiladi, kislota taʼsir ettirilsa, karbonat angidrid ajralib chiqadi. Sodani sanoatda olish usulini ilk bor 1787—89 ylarda fransuz kimyogari N. Leblan ishlab chiqqan. Bu usulga muvofiq, osh tuzi NaCl ga konsentrlangan H2SO4 taʼsir ettirib, natriy sulfatga (Na2SO4) aylantiriladi, keyin Na2SO4 ni ohaktosh va kumir bilan birgalikda pechda 1000° da qizdirish yoʻli bilan Soda olinadi. Hoz. Sodaning asosiy qismi ammiakxlorid usulida (Solve usuli) olinadi: tabiiy yoki sunʼiy yoʻl bilan tayyorlangan namakob (NaCl) natriy karbonat Na2CO3 va kalsiy gidroksid (SaON)2 taʼsirida Sa va Mg qoʻshimchalardan tozalanadi, ammiak NH3 bilan toʻyintiriladi, soʻngra barbotaj kolonnalarida karbonizatsiyalanadi; asosiy reaksiya: N aCl + N N3+SO3+N 2O >NaHCO,+NH4Cl. Natriy gidrokarbonatni qizdirish yoʻli bilan Na2CO3 olinadi.
Ensiklopediya.uz
SODA