Sochlarning to‘kilishi, «gullashi» va qazg‘oqqa qarshi!
«Ta’bi nozik» sochlarimiz har bir mavsumda, ayniqsa kuz faslida alohida parvarishni talab etadi. Shampun tanlashda ikkilansangiz, qazg‘oq, soch to‘kilishi yoki yog‘lanib ketishidan shikoyat qilsangiz, quyidagi tavsiyalarga amal qiling. Mundarija [Yopish] «Gullab», sinib-sinib borayotgan sochlaringizning bir necha santimetridan hech ikkilanmay voz kechganingiz ma’qul. Bu birinchidan, tartibli ko‘rinish bersa, ikkinchidan, soch ildizi parvarishi buzilganda kaltaroq tolalarni «oziqlantirish» imkonini beradi. Endi uy sharoitidagi muolajalarga kirishishingiz mumkin. Birinchi galda vositalarning ikkitasi 1 da («2 v 1») turi — kompleks parvarishdan hozircha, bahorgacha voz kechib turing. Shampun va balzam (konditsioner)ni alohida flakonlarda xarid qiling. Bugungi kunda do‘kon rastalaridan shampunь, balzam, soch uchun maxsus niqoblarning anvoyi xillarini topishingiz mumkin. Kunlar soviy boshlaganda boshni harorati balandroq suvda yuvmagan ma’qul. Sochdagi qazg‘oqdan xalos bo‘lish va tez sinishining oldini olish uchun tuxum ko‘pigi bilan yuvish tavsiya etiladi. Buning uchun tuxumni ozroq suv bilan yaxshilab ko‘pirtirish lozim. Sochlaringizni ko‘pik bilan yuving, avval oddiy suv bilan, so‘ngra nordon (masalan, limon kislotali) suv bilan obdon chaysangiz kifoya. Umuman olganda, doim ham flakondagi shampundan foydalanish shart emas. Tuxum sarig‘i soch ildizini mustahkamlaydi. Oqidan ajratilgan tuxum sarig‘ini ko‘pirtirib, biroz suv va 50 ml aroq qo‘shing. Tayyor aralashmani bosh terisiga uqalovchi harakatlar bilan surting. So‘ng iliq suvda chayib oling. Ko‘pchilik xonimlar sochlarini oddiy qatiqda yuvishni amalda sinab ko‘rishgan. Soch tolalari va bosh terisiga qatiq surtib, ro‘mol yoki sochiq bilan 10 daqiqaga o‘rab qo‘yiladi. So‘ng iliq suvda hech qanday yuvish vositalarisiz yuvib tashlanadi. 1 choy qoshiq bura (tanakor) va 2 osh qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan bolalar sovunini 1 stakan moychechak damlamasiga aralashtirib, 2 soatga olib qo‘ying. Aralashmani shampunь o‘rnida qo‘llashingiz mumkin. So‘ng sochlarni kuchsizroq sirkali suv (1 litr suvga 1 osh qoshiq olma sirkasi) yoki nordon (1 litr suvga 0, 5 choy qoshiq limon kislotasi) bilan chayish mumkin. 2 ta tuxum sarig‘i, 1 choy qoshiqdan sarimsoq sharbati, asal va aloe sharbatini oling. Barchasini aralashtiring, niqobni nam sochlaringizga surtib, tsellofan paket va sochiq bilan o‘rab qo‘ying. 20 daqiqadan keyin boshingizni shampunь bilan yuving. Sarimsoq hidini yo‘qotish uchun sochlaringizni quruq xantal aralashtirilgan suvda chayib oling. 1: 1: 1 choy qoshiq nisbatda asal, limon va aloe sharbati, maydalangan bir palla sarimsoq aralashtiriladi. Massa nam sochlar ildiziga surtiladi. 30 daqiqacha sochiq bilan o‘rab qo‘yilgandan keyin iliq suvda yuvib olinadi. Agar sochlaringiz rangi to‘qroq bo‘lsa, ularni chayish uchun qichitqi o‘t, qulmoq (xmel), qariqiz, loviya qo‘zog‘i kabi damlamalardan foydalaning. Chuningdek, sochlaringiz yaltirab turishini istasangiz, 2 osh qoshiq choyni 1 litr suvda 5 daqiqa mobaynida qaynating. Keyin sochlaringizni iliq damlamada chayib oling. «Bekajon» gazetasi.Sochlarning to‘kilishi, «gullashi» va qazg‘oqqa qarshi!
DO`STLARGA ULASHING:
Soch «gullaganda»
Shampun tanlashda adashmang
«Qazg‘oq dastidan do-od! »
Qo‘lbola shampun tayyorlaymiz
Yaxshisi, qatiq!
Sochlaringiz sog‘lom ko‘rinishi uchun!
Soch to‘kilishiga qarshi
Yog‘li sochlar uchun
«Tim qora sochlarim…»
«gullashi» va qazg‘oqqa qarshi!, Sochlarning to‘kilishi