Sochlarni uy sharoitida bo’yash

Sochlarni uy sharoitida bo’yash

Sochlarni uy sharoitida bo’yash

Mundarija скрыть
Sochlarni uy sharoitida bo’yash
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Ayollar go‘zal bo‘lish uchun nimalarni uylab topmaydi deysiz! Mana bir necha ming yillardirki butun dunyo ayollari turli toshli taqinchoqlar taqadi, ajinlardan xalos bo‘lish uchun o‘t va yog‘lardan niqoblar tayyorlaydi, kilogrammlab bo‘yoqdan foydalanadi. Hatto beg‘ubor yoshlik go‘zalligi ham innovatsiyasiz bo‘lmaydi. Yosh qizchalar sochlarini kesadi, o‘stiradi, turli shaklda o‘raydi, turli ranglarga bo‘yaydi.
51146dbda4d6d8c52ccdd969ffea3333
Bugun biz maftunkor ayollarga uy sharoitida sochlarni to‘g‘ri va ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelmaydigan bo‘yash usullari haqida so‘zlab beramiz.
Necha gramm?
Siz do‘konga keldingiz va turli bo‘yash vositalari jamlangan vetrina oldida o‘ylanib turib qoldingiz. Qay birini tanlasam ekan? Arzonrog‘inimi yoki qimmatrog‘ini, axir balzam uchun ham bir oz pul qolishi kerakda.
Birinchi va eng asosiy qoida — go‘zallik yo‘lida tejamkorlik yaramaydi, shunday ekan xna singari barcha arzon bo‘yash vositalarini unuting. Tanlashda shoshilmang: qutini diqqat bilan o‘qing, rang sizga yarashadimi yoki yo‘qmi tasavvur qilib ko‘ring (bu haqda maqola so‘ngida), siz alohida xususiyatli vositadan foydalanmoqchimisiz (masalan olmos kabi yorqin jilov, oq sochlarni 100 foizga bo‘yash, ichida balzami bo‘lgan va h.k.z.).
Endi yana bir savol: mening sochlarimga qancha bo‘yoq ketadi? Agarda sochlaringiz kalta yoki o‘rta uzunlikda bo‘lsa, u holda bitta quti kifoya. Agarda siz uzun sochlar egasi bo‘lsangiz unda ikkita quti olganingiz ma’qul.
Odatda emulsiya, perekis, oksidlovchi modda va boshqalarni aralashtirish bo‘yoq qutisi ichidagi yo‘riqnomada batafsil keltiriladi. Faqatgina shuni eslatib o‘tmoqchimizki, birinchidan, aralashma bir turdagi ko‘rinishga kelishi lozim,  ikkinchidan, uni tayyorlagan zahoti ishlatish darkor.
Bevosita bo‘yashdan avval (agarda siz  yangi, hali foydalanmagan vositani xarid qilgan bo‘lsangiz) unga terining ta’sirchanligini tekshirib ko‘rishingiz kerak bo‘ladi.  Buning uchun oksidlovchi modda bilan aralashgan bir oz bo‘yoqdan olib tirsakning bukilish qismidagi teriga surtib ko‘ring. Agarda 48 soat ichida bu joyda hech qanday reaksiya hosil bo‘lmagan bo‘lsa, masalan, achishish, qizarish, toshma yoki qichishish, unda kutilmagan oqibatlardan cho‘chimay bevosita sochlaringizni bo‘yashga kirishishingiz mumkin.
Birlamchi bo‘yash
1. Birinchi marotaba bo‘yash oldidan sochlar yuvilmaydi, bo‘yoq shundoq ham sochlarga chuqur singadi. Bunda bo‘yash emulsiyasi quruq tolalarga surtiladi.
2. Sochlar atrofidagi terining bo‘yalib qolishidan saqlanish uchun peshona va chakkalardagi sochlarning o‘sish qismi bo‘ylab himoyalovchi krem surtish maqsadga muvofiq.
3. Qo‘lqoplarni  kiyib oling.
4. Sochlarni ingichka tolalarga ajrating va bir maromda va iloji boricha  bo‘yoqni kistochka orqali sochlarga tez surtib chiqing: boshning ensa qismidan chakkalar tomon. Bunda bo‘yoq ildizdan tortib to sochlarning butun uzungili bo‘ylab surtilishiga alohida e’tibor bering.
5. Sochlarni bo‘yab bo‘lganingizdan so‘ng ularni mayda tishli taroq bilan yana bir bor tarab chiqing.
6. Emulsiyani sochlarda 35-40 daqiqaga qoldiring (boshingizni zinhor hech narsa bilan o‘ramang). Agarda oq sochlaringiz juda ko‘p bo‘lsa, bo‘yash vaqtini yana 10 daqiqaga cho‘zing. Aytgancha, bo‘yoqning ta’sir etish vaqti sochlaringiz tolasiga bog‘liq (qattiq, juda to‘q va h.k.z)
O‘sgan ildizlarni bo‘yash.
1. Soch ildizlarini bo‘yashda, bo‘yoqni boshning ensa qismidan boshlab ildizlarga surtib chiqing.
2. 20 daqiqadan so‘ng qolgan emulsiyani sochlarning butun uzunligi bo‘ylab uchlarigacha surting. Bo‘yoq bir maromda singishi uchun yana bir bor sochlaringizni tarang.
3. Bo‘yoqni yana 10 daqiqaga qoldiring.
Yakuniy bosqich.
Belgilangan vaqt o‘tganidan so‘ng bo‘yash emulsiyasini kam miqdordagi suv bilan ko‘pirtiring, so‘ng iliq suv bilan sochlarni yaxshilab chayib tashlang. Bo‘yoq elementlaridan xalos bo‘lish uchun sochlarni shampun bilan yuvsa ham bo‘ladi. Hosil bo‘lgan rangni, uning yorqinligi va tiniqligini saqlab qolish uchun bo‘yalgan sochlar uchun mo‘ljallangan balzamdan foydalanish tavsiya etiladi. Sochlar bo‘yalganidan so‘ng hech bo‘lmaganda haftada bir marotaba tiklovchi, oziqlantiruvchi va namlovchi vositalardan (konditsionerlar, niqoblar, krem va balzamlar) foydalanishni ham unutmang.
Uy sharoitida YO‘L QO‘YILMAYDIGAN HOLATLAR:
Xarid qilingan emulsiyadan boshqa maqsadlarda, masalan qosh yoki kipriklarni bo‘yash uchun foydalanish.
Qo‘lqoplarni kiymasdan bo‘yash.
Bo‘yashdan bevosita oldin yoki keyin ximik turmak qilish.
Agarda bosh terisida yarachalar yoki tirnalgan joylar bo‘lsa sochlarni bo‘yash.
Agarda sochlar avval tabiiy bo‘yoqlar (xna, basma) yoki tarkibida metall tuzlar bo‘lgan vositalar yordamida bo‘yalgan bo‘lsa emulsiyadan foydalanish.
Qutida ko‘rsatilgan vaqtdan o‘tib ketish.
Tayyorlangan emulsiyani saqlash yoki ikkinchi marotaba foydalanish.
Tajribalar va ularning oqibatlari
Biz, ayollar, tajriba o‘tkazishni yoqtiramiz. Doim nimalarnidir sinab ko‘rmoqchi bo‘lamiz: bugun biz oq malla bo‘lamiz, ertaga jozibador qora soch ayolga aylanamiz, yana bir haftadan so‘ng esa qarabsizki sochlarimiz yorqin apelsin tusiga kiradi. Darhaqiqat, xilma-xillik bu juda yaxshi. Ayniqsa, natija ko‘zlarni quvontirsa. Biroq qo‘vontirmasachi? Agarda tajribadan so‘ng g‘azab o‘tida yonib o‘zingizni qo‘yarga joy topa olmasangizchi?
Qisqasi, biror keskin qarorga kelishdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘rish lozim. Biror rangni tanlashdan avval o‘z ko‘rinishingizni, ayniqsa yuz ko‘rinishingizni to‘g‘ri baholashingiz lozim (masalan qarg‘aning qanotiga o‘xshash rang nozik yuz qirrali, och terili, ya’ni qish tipidagi qizlarga yarashadi).
Yana bir muhim xulosani keltiramiz: sochlarni uy sharoitida bo‘yash iqtisodiy jihatdan foydali albatta, biroq shu bilan birga juda xavfli hamdir. Biror tolalarga bo‘yoq yaxshi surtilmagan bo‘lsa sochlar bo‘yalmay qoladi. Yo‘riqnomaning biror qismida chalkashib ketsangiz, oksidlovchi modda miqdorini yoki bo‘yash vaqtini ko‘paytirib yuborsangiz sochlaringiz  kutilgan qahrabo rangi o‘rniga to‘q qizil rangga kiradi qoladi. Shunday ekan, bu jarayonni professionalga ishongan ma’qulroq deb bilamiz. Shundagina,  har safar ko‘zguga qarar ekansiz o‘z go‘zalligingizga yana va yana amin bo‘laverasiz.
Manba: Eclair.uz

Sochlarni uy sharoitida bo’yash