Sochda qazgʻoq paydo boʻlishining sababi nima?
❓Sochda qazgʻoq paydo boʻlishining sababi nima? — Agar bosh terisi qichishsa, qizil dogʻlar, teri koʻchishi, yaralar paydo boʻlsa, bu psoriaz, ekzema kasalliklari rivojlanayotganini bildiradi. Qazgʻoq esa zamburugʻli infeksiya tufayli paydo boʻlishi mumkin. Yogʻli sochda qazgʻoq paydo boʻlishi organizmda yogʻ va uglevodlar yetishmayotganidan darakdir. — Shuningdek, asabiylashish, immunitet sustlashishi, oshqozon-ichak kasalliklari va qalqonsimon bez kasalliklari ham qazgʻoqni keltirib chiqaradi. Kuz–qish mavsumida tabiiy ravishda sochlar jilvakorligi yoʻqoladi. Buning sababi, vitamin va mineral moddalar yetishmovchiligi bilan bogʻliq. — Bunday holatda faqat qazgʻoqqa qarshi shampunga ishonib qolmasdan, mutaxassis koʻrigiga borish lozim. Bunda dermatovenerolog yoki trixolog-shifokor yordam beradi.Sochda qazgʻoq paydo boʻlishining sababi nima?
DO`STLARGA ULASHING:
Sochda qazgʻoq paydo boʻlishining sababi nima?