Soch uchun parhez: natija kafolatlanadi
Parhezlarning turi ko’p, ammo eng ma’quli – inson salomatligiga putur etkazmaydigani. Soch sog’lomligi uchun ham parhez ushlash zarur. Kunlik taomnomangizdan turli ko’katlar, sabzavot-mevalar va dengiz maxsulotlari imkon qadar ko’proq o’rin olsin. Kunlik suyuqlik miqdori o’rtacha 5-8 stakanni tashkil qilsin. Soch uchun mo’ljallangan parhez tarkibidan rux, kremniy, temir, oqsil, omega-3 mikroelementlari hamda A, C va B vitaminlarini o’zida jamlagan oziq-ovqat mahsulotlari o’rin oladi. Bular esa o’z navbatida sochning tashqi ko’rinishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Jumladan, soch to’kilishi va qazg’oqda tarkibida rux moddasi bo’lgan taomlar (mol go’shti, qovun urug’i)ni ko’proq iste’mo qilish zarur. Kremniy moddasi esa sochning kollagen qatlamini yangilab uning o’sishini tezlashtiradi va mustahkamlaydi. Bu modda ko’p miqdorda ko’katlar, bodring po’stlog’i, bulg’or qalampirida mavjud. Bordi-yu, sochlaringiz mo’rtlashib tez to’kilayotgan bo’lsa, bu oqsil tanqisligi belgisidir. Mol go’shti, qora non, qaynatilgan tuxum, yong’oq va dukkaklilar oqsilga boy maxsulotlardir. Soch ko’rinishi achinarli holatga kelganda B guruhi vitaminlarini C vitamini bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi. Shu tarzda bu vitaminlar yaxshi o’zlashtiriladi. Organizmga A vitamin va omega-3 etishmaganda bosh terisi yog’li bo’lib, qazg’oq ko’payadi. Ushbu holda nafaqat pH-balansning izidan chiqishi, balki shirinliklarni haddan ziyod ko’p iste’mol qilish ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shuningdek, sog’lom soch parhezida sabzi, bodring, pomidor, kartoshka, avokado, lavlagi, brokkoli, gulkaram, bulg’or qalampiri, tsitrus mevalar, olma, reza, quruq mevalar, tovuq go’shti, sut mahsulotlari, baliq kabi oziq-ovqatlar doimiy ravishda iste’mol qilinishi lozim. Organizmni sog’lomlashtirish talablaridan biri – jismoniy faollikdir. Hafta davomida kamida 2 soat fitnes bilan shug’ullanishga vaqt toping. Juda bo’lmaganda, har kuni sho’x musiqani qo’yib yarim soat raqsga tushing. Jismoniy mashqlar qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa o’z navbatida soch o’sishini tezlashtiradi. Bir o’rinda ko’p ovqat tanovul qilishga odat qilmang. Eng ma’quli oz-ozdan kuniga 5 marta ovqatlanish. Tanovul orasidagi oraliq 3 soatdan ko’p bo’lmasligi kerak. Parhez talabiga ko’ra, qahva va achchiq choydan voz kechish kerak. Bular o’rniga sharbat, gazlanmagan mineral suv, dorivor o’tlar damlamasi ichgan ma’qul. Taxminiy kunlik taomnoma: Nonushta: dolchin va magiz qo’shilgan shirguruch. Tavsiya qilingan parhezga qo’shimcha tarzda har kuni 1 osh qoshiq o’simlik yog’i, 1 piyola suli qaynatmasi, suli yordamidan tayyorlanib, 1 osh qoshiq asal va yong’oq qo’shilgan salat iste’mol qilish tavsiya etiladi. Aynan shu talablarga amal qilsangiz. Oradan 1-1,5 oy o’tgan ko’zlangan natijaga albatta erishasiz. Sochlaringiz sog’lomlashib o’zidan chiroyli jilo taratadi. Hatto tabiiy rangi ham birmuncha tiniqlashganiga guvoh bo’lasiz. Mazkur parhez nafaqat soch, balki yuz terisi holatiga ham nihoyatda ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maxsus niqob: nufuzli kosmetik salonlarda qo’llaniladigan ushbu niqob soch holatini sezilarli darajada ko’rkamlashtiradi. Niqobni muntazam qo’llash tavsiya etiladi. O’simlik yog’i (zaytun, kanakunjut, chakamug’) isitiladi, so’ng unga 1 dona limon sharbati, “Aevit” vitaminidan 5-6 tomchi va 1 osh qoshiq konyak qo’shiladi. Bosh terisiga yaxshillab surtib biroz massaj qilingach, dastlab polietilen bilan, so’ng sochiq bilan issiq qilib o’rab qo’yiladi, niqob 1-3 soat davomida ushlanadi.
Soch uchun parhez: natija kafolatlanadi
DO`STLARGA ULASHING:
Kamdan-kam ayollar sochlarining bekamu ko’st go’zalligi bilan maqtana oladilar. Mayin, qalin sochlar bizga tabiatning in’omidir. Ammo noto’g’ri parvarish, soch ustida kimyoviy “operatsiya”lar va organizmda vitamin, minerallarga bo’lgan tansiqlik har qanday sochni ham ko’rimsiz holatga olib kelib qo’yadi. Vaholanki sochga etarlicha e’tibor tabiatan qalin bo’lmagan sochlarni ham sog’lomlashtirib, ularga ipakdek jilo va go’zallik bag’ishlaydi.
Ikkinchi nonushta: meva va sutli kokteyl.
Tushlik: qovoqcha, sabzili qaynatma sho’rva va kartoshkali pyure, qo’ziqorin.
Ikkinchi tushlik: mevali salat.
Kechki ovqat: dengiz mahsulotlari qo’shib tayyorlangan spagetti.
Soch uchun parhez: natija kafolatlanadi