Soch to‘kilsa, nima qilish kerak? haqida malumot
Avvalambor, ushbu savolni berish chog‘i vahimaga tushmaslik lozim. So‘ngra sochlaringiz chindan ham patologik ravishda to‘kilyaptimi yoki shunchaki eski sochlarning yangilariga fiziologik almashinuvi sodir bo‘lyaptimi, buni aniqlab olish zarur. Kuniga 30 tadan 100 tagacha soch tolasi to‘kilishi meyor sanalib, bunda o‘z umrini «yashab bo‘lgan» tolalar to‘liq ravishda yangilanadi.
Soch to‘kilishini aniqlash testi
Sochlaringizning bir tutamini qattiq ushlab, shoshmasdan ohista pastga qaratib siltamasdan torting. Agar shundan so‘ng qo‘lingizda 6-7 dona tola qolsa, soch to‘kilishining boshlang‘ich bosqichi yuz berayotgan bo‘lishi mumkin.
Sochning patologik to‘kilishining ko‘p uchraydigan sababi soch follikulalari o‘sishi qismidagi qon tomirlarining tez-tez va davomli ravishda qisilishi (spazm) hisoblanadi. Tomirlarning siqilishi stress yoki sochlarga sovuq haroratning ta’siri (sovuq kunlarda bosh kiyimsiz yurish) oqibatida ro‘y berishi mumkin. Eng kam uchraydigan sabab boshda zamburug‘ infeksiyasi (mikrosporiya, trixofitiya), shuningdek, kimyoterapiya o‘tkazilishi bo‘lishi mumkin.
Damlamalardan foydalaning
- Soch o‘sishini tezlashtiruvchi damlamalardan biri chakamug‘ ildizidir. 10-15 g ildizni 0,5 litr qaynoq suvga damlang. Ushbu damlamadan avvaliga haftada 2-3, keyinchalik 1 marotaba foydalanishingiz mumkin.
- Soch ildizi mustahkamlanib, o‘sishi uchun terak kurtagi, qayin kurtagi va barglari (1 stakan giyoh 1 litr suv nisbatida) damlamasini qo‘llang.
- Tuyatovon va qichitqi o‘t (50:50) damlamasi bilan sochlaringizni chayib turing.
- Har kuni sarxil aloe sharbatini boshingizning soch to‘kilayotgan qismlariga suring.
- Sochlaringiz mayin, qalin va jilokor bo‘lishi uchun 1 ta tuxumga 2 osh qoshiq kanakunjut yog‘i, 1 choy qoshiq sirka aralashmasi va 1 choy qoshiq glitserin qo‘shib ko‘pirtiring. Niqobni bosh teringizga surib, sochlaringizni issiq sochiq bilan o‘rang. Biroz vaqt bug‘ vannasida o‘tirib, so‘ngra yuving.
- Yuvilgan sochlaringiz orasidan farq ochib, 0,5-1 osh qoshiq tuzni surib chiqing va 15 daqiqaga polietilen shapka kiying. So‘ngra iliq suvda chayib oling. Ushbu niqobni 6-10 marta qo‘llaganingizdan keyin sochlaringiz to‘kilishdan to‘xtaydi.
Massaj muolajasi
Zamburug‘ infeksiyasi va qon bosimi bilan bog‘liq xastaliklarida boshni uqalash aslo tavsiya etilmaydi.
Qolgan holatlarni massaj muolajasi haftasiga 2-3 marta, albatta yuvilgan boshda yoki sochlarni yuvishdan oldin o‘tkaziladi. Bosh barmoqlaringizni quloqlaringiz ustiga qo‘yib, qolgan barmoqlaringiz bilan peshanadagi bosh terisidan boshlab, (o‘z navbati bilan boshning chakka va tepa qismlarini ham) ensaga qarata aylana harakatlar yordamida uqalashni boshlang. Boshning qon tomirlari joylashuvini hisobga olib, harakatlar albatta peshanadan ensa, gardan tomonga yo‘naltirilishi lozim.
Shuningdek, massajni xuddi shu yo‘sinda tibbiy cho‘tka yordamida amalga oshirish mumkin.
Mavzuga aloqador foydali maqolalar:
© «Bekajon» gazetasi.
Array ( [title] => [pic] => [list_link] => )
Kasalliklar
nima qilish kerak?, Soch to‘kilsa